Jahon tarixini biz bilan o‘rganing. Har bir hodisa va voqealarni tushunarli, esda qolarli darajada yorqin va chuqur tahlil asosida o‘rgatiladi. Siz uchun 300 dan ortiq videolar va 4000 dan ortiq testlar berilgan
Tarix bu – insoniyat hayoti, o‘tmishni anglash, tarixda yo‘l qo‘yilgan mudhish xatolardan kerakli xulosalar chiqarish, tinch va go‘zal kelajak sari intilish demakdir. Tarixsiz kelajak yo‘q, shuning uchun o‘tmishni o'rganamiz va o‘z kelajagimizni asrlar osha yashagan avlodlarimizning boy tajribasidan kelib chiqib quramiz. Tarix fani qolgan fanlardan aynan hayotimizdagi haqiqatlarni o‘rganishdek alohida xususiyati bilan ajralib turadi.
Butunjahon tarixiy jarayoni odamzod jamiyati paydo bo‘lishidan boshlanadi va umumiy farqli xususiyatlaridan kelib chiqib xronologik davrlarga bo‘linadi.
Biz sizga taqdim etayotgan Jahon tarixi fanidan videokurs Qadimgi dunyo tarixidan boshlanib, yangi tariximizni ham qamrab oluvchi qismlardan tashkil topgan bo‘lib, sizga bu fanlarni mustaqil ravishda chuqurroq va qiziqroq tartibda o‘zlashtirishga yordam beradi. Videokursda maktab va akademik litsey darsliklaridagi barcha mavzular qamrab olingan bo‘lib, har bir video maruzadan so‘ng, maruza matnlarni o‘qishingiz va darslarni o‘zlashtirish darajangizni tekshirish uchun testlarni ishlab ko‘rishingiz mumkin.
Test va imtihon sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish davomida asosiy tarixiy voqealar sodir bo‘lgan sanalarni eslashingiz, bu hodisalarning mohiyatini tushunishingiz, tarixiy shaxslar faoliyati bilan tanishishingiz, tarix fanining asosiy tushunchalari va tushunchalarini o‘rganishingiz kerak bo‘ladi.
Ushbu Jahon tarixi videokursi quyidagi darsliklar asosida tayyorlangan:
Qadimgi dunyo tarixi. 6-sinf. 2017. A.S. Sagdullayev va V.A. Kostetskiy
Jahon tarixi. 7-sinf. 2017. T.O‘. Salimov va F.E. Sultonov
Jahon tarixi. 8-sinf. 2014. U. Jo‘rayev va boshqalar
Jahon tarixi. 9-sinf. 2017. M. Lafasov va boshqalar
Jahon tarixi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. 2014. M. Lafasov va boshqalar
Jahon tarixi. 10-sinf. 2017. S. Ergashev va boshqalar
Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.