Kimyodan imtihonlarga biz bilan tayyorlaning. Kirish imtihonlariga eng oson va sodda usulda tayyorlanishni ushbu kursimizda taqdim qilamiz.
Kurs davomida o‘quvchilar eng sodda mavzulardan murakkab mavzularga bosqichma-bosqich va o‘quvchilar uchun noyob bo‘lgan metodika asosida o‘tib boriladi.
Sodda mavzular ham qiziq, noodatiy misollar va yechim yo‘llari va ularning amaliyotdagi tadbiqini tushuntirish berish orqali boyitilgan. Tushunchaga ega, mavzuni ancha oldin o‘zlashtirgan o‘quvchilar uchun ham darslar qiziqarli bo‘lishi kerakligi nazarda tutilgan.
O‘zlashtirishga murakkab mavzular sodda va aniq yo‘llar orqali tushuntirilgan. Bir misol yechishning turli xil usullari mavjud bo'lsa, ular ham qo'shilgan.
Kurs to‘rt asosiy qismga bo‘lingan. Bular atom-molekulyar ta'limot, umumiy kimyo, anorganik va organik kimyo.
Har bir videodarsdan so‘ng, mavzuga doir testlar berilgan bo‘lib, testlarni ishlash orqali nafaqat mavzuni qanchalik o‘zlashtirganingizni bilib olishingiz, balki testlar mavzuni uzoqroq muddatga yodda qolishingiz uchun ham xizmat qiladi. Testlarni yecha olmagan taqdiringizda, testlarga berilgan tahlilni o‘rganib chiqing. Tahlillarda misolni yechishni bir yoki bir qancha yo‘llari ko‘rsatilib berilgan.
Kurs o‘quvchilardan tushgan takliflar va o‘quv materiallaridagi yangiliklarga asosan, yangilanib va testlar to‘ldirib boriladi.