PREP.UZ - Онлайн курсы, уроки и тесты.

Biologiya 11-sinf

Hozirgi paytda insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiatdagi biologik xilma-xillikni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, global iqlim o‘zgarishlarining salbiy ta’sirini yumshatish sanaladi. Inson salomatligiga tahdid solayotgan allergik, yuqumli va epidemiologik kasalliklarning oldini olish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, suv va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish zarur. Kasallik va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvon zotlarini yaratish lozim. Ushbu vazifalarni bajarish bugungi kunda o‘rta maktabda tahsil olayotgan, kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lishga bel bog‘lagan yoshlar zimmasiga yuklanadi.

Mazkur muammolarni muvaffaqiyatli hal etishda tibbiyot, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning nazariy asoslari bo‘lgan biologiya fanining qonuniyatlari, fan yangiliklari va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir shaxs tabiat va uning tarkibiy qismlari, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan oqilona munosabatda bo‘lishi, tabiiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, tirik organizmlarning Yer yuzida tarqalishi, rivojlanishi, ularning yashash muhitiga moslanishi, muhit va boshqa tirik organizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, sayyoramizdagi hayotga tahdid soluvchi omillar va ularni bartaraf etish tadbirlariga doir biologik qonuniyat va nazariyalarni o‘rganishi lozim. Mazkur bilimlar ekologik madaniyatni tarkib toptirishning asosi sanaladi. Ushbu darslik o‘rta ta’lim maktablarining davlat ta’lim standartlari talablari asosida tayyorlangan.

Darslik mazmuni 10-sinfda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanining mantiqiy davomi bo‘lib, 11-sinfda hayotning biogeotsenotik va biosfera darajasidagi umumbiologik qonunlar, organik olam filogenezini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mavzu mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqib, unda foydalanilgan shartli belgilar asosida berilgan topshiriqlarni bekam-u ko‘st bajarishingiz kelgusida shaxs sifatida shakllanish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish va ekologik tafakkurga ega bo‘lishingizga zamin tayyorlaydi.

Mustaqil O‘zbekistonning komillikka intiluvchi farzandi sifatida fan asoslarini chuqur o‘zlashtirib, kelgusida biologiyadan egallagan kompetensiyalaringizga asoslangan holda kasb tanlab, mustaqil hayotda o‘z o‘rningizni topishingizga ishonamiz.

🚀 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va 2023-yilning eng muvaffaqiyatli talabalari jamoasiga qo‘shiling! 🚀

Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.

Содержание курса

Глава 1: Ekologiya. Ekosistema
1.1 Ekologiya va hayot
  • 0
  • 0
  • 2
  • 2
1.2 Ekosistemalar
  • 0
  • 0
  • 2
  • 2
1.3 Yashash muhitlari
  • 0
  • 0
  • 2
  • 2
1.4 Muhit omillari
  • 0
  • 0
  • 4
  • 5
1.5 Yorug'lik - Muhitning ekologik omili
  • 0
  • 0
  • 0
  • 2
1.6 Harorat
  • 0
  • 0
  • 0
  • 1
1.7 Namlik
  • 0
  • 0
  • 0
  • 1
1.8 Tuproq va topografik omillar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.9 Biotik omillar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 2
1.10 Antropogen omillar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.11 Turning populatsion strukturasi
  • 0
  • 0
  • 2
  • 2
1.12 Ekotizimlarning trofik strukturasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.13 Ekologik piramida qoidasi. Biomassa va energiya piramidasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.14 Tabiiy ekosistemalar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.15 Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy ekosistemalari
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.16 Sun’iy ekosistemalar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.17 Biogeotsenozlarning barqarorligi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.18 Inson ekologiyasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
Глава 2: Hayotning biosfera darajasining umumbiologik qonuniyatlari
2.1 Biosfera chegaralari
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.2 Biosferaning tarkibi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.3 Biosferadagi tirik moddaning xususiyatlari va funksiyalari
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.4 Biosfera biomassasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.5 Biosferada modda va energiyaning davriy aylanishi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.6 Biogeokimyoviy sikl
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.7 Biosfera evolutsiyasi. Biogenez
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.8 Biosfera evolutsiyasi. Noogenez
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.9 Inson biosfera omili sifatida. Inson faoliyatining biosferaga ta’siri
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
Глава 3: Organik olam filogenezi
3.1 Organik olam filogenezining umumiy tavsif
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.2 O‘simliklar filogenezi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.3 O‘simliklarning generativ organlari filogenezi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.4 Hayvonot dunyosidagi evolutsion o'zgarishlar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 2
3.5 Gumoral va nerv sistemasi evolutsiyasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.6 Tana qoplami va harakat organlari evolutsiyasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.7 Nafas olish organlari evolutsiyasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.8 Qon aylanish organlari evolutsiyasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.9 Ayirish va jinsiy organlar evolutsiyasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1

Результаты отызов

0
Средний рейтинг
Количество отзывов: 0
0%
0%
0%
0%
0%

Отзывы наших учеников