PREP.UZ - Онлайн курсы, уроки и тесты.

Biologiya 5-sinf

Ilm-fan, texnika jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat munosabatlari uzluksiz o‘rganilib borilayotgan hozirgi vaqtda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya fanini mazmun jihatdan zamon talablariga mos holda o‘qitish (STEAM yondashuvi) fan o‘qituvchilari oldida turgan o‘ta dolzarb vazifa hisoblanadi.

Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingizni endi siz uchun yangi fan – biologiya orqali takomillashtirib borasiz. Biologiya tiriklik haqidagi fan bo‘lib, u tabiatni o‘rganadi, o‘simlik va hayvonot dunyosini tadqiq etadi. Biologiya fanining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.

O‘rta Osiyo hududida ham o‘simlik va hayvonot dunyosi, odamning tana tuzilishi qadimdan o‘rganib kelinadi. Jumladan, mutafakkir olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy «Saydana» asarida o‘simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida ma’lumot bergan. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida ichki kasalliklar, jarrohlik, dori shunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlarini yoritib bergan. Biologiya fanini o‘rganish asosida o‘quvchilar biologiya sohalari, tiriklik xususiyatlari, biologiyani o‘rganish usullari, biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari bilan tanishadilar.

Tiriklik dunyosi: bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi haqida umumiy tushunchalar; dorivor va zaharli o‘simliklar, sporali va urug‘li o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar, o‘simlik va hayvonlar sistematikasi haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘lib boradilar.

Darslikning oxirgi bobida ekologik tushunchalar, insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta’siri, oziq zanjiri, tabiatni muhofaza qilish, muhofaza qilinadigan hududlar, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. O‘ylaymizki, biologiya fanini o‘qib chiqqan o‘quvchilar o‘simlik va hayvonot dunyosini asrashga o‘z hissalarini qo‘shadilar

Содержание курса

Глава 1: Biologiya – tirik organizmlar haqidagi fan
1.1 Biologiya – hayot haqidagi fan
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.2 Tirik organizmlarning xususiyati
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.3 Biologiyani o'rganish usullari
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.4 Hujayra – tiriklikning asosi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
Глава 2: Tirik organizmlarning xilma-xilligi
2.1 Tirik organizmlar haqida umumiy ma'lumot
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.2 Bakteriyalar dunyosi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.3 Zamburug'lar dunyosi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.4 O'simliklar dunyosi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.5 Tuban o'simliklar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.6 Yuksak o'simliklar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.7 O'zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o'simliklar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.8 Hayvonot dunyosi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.9 Umurtqasiz hayvonlar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.10 Umurtqali hayvonlar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.11 Odam organlari sistemasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
Глава 3: Organizm va tashqi muhit
3.1 Ekologik omillar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
3.2 Tabiatni muhofaza qilish
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1

Результаты отызов

0
Средний рейтинг
Количество отзывов: 0
0%
0%
0%
0%
0%

Отзывы наших учеников