PREP.UZ - Онлайн курсы, уроки и тесты.

Biologiya 9-sinf

Biologiya — hayot haqidagi fan bo‘lib, yunoncha “bios” — hayot, “logos” – ta’limot (fan) degan ma’noni anglatadi.

Biologiya atamasi 1802- yilda fransuz olimi J.B.Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan. Biologiya hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Biologiyaning o‘rganish obyekti bu – viruslar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, ularning organ, to‘qima, hujayra tarkibi, hujayralarda kechadigan jarayonlar hamda organizmning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi, hamjamoalari, ularning o‘zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi. Biologiya fanlari sistemasi.

Biologiya tadqiqot va tekshirish obyektiga ko‘ra bir qancha sohalarga botanika, zoologiya, anatomiya, sistematika, sitologiya, gistologiya, genetika, seleksiya, embriologiya, paleontologiya, ekologiya va boshqalarga bo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar to‘g‘risidagi fan. Odam va uning salomatligi – odam organizmi va organlar hamda organlar sistemasining tuzilishini o‘rganadi. Sistematika – o‘simlik va hayvonlarning sistematik guruhlari va ularning o‘zaro qarindoshlik munosabatlari haqidagi fan ekanligi sizlarga, 5-, 6-, 7-, 8- sinflardan ma’lum.

Hozirgi vaqtda biologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biokimyo, molekular biologiya, biofizika, genetik injeneriya, biotexnologiya kabi fanlar jadal rivojlanib bormoqda. Biokimyo – organizm hayot faoliyatini tashkil etuvchi kimyoviy moddalar va jarayonlar haqidagi, biofizika – tirik sistemalardagi fizik qonuniyatlar va ko‘rsatkichlarni tadqiq qiluvchi fandir.

Biologiyaning asosiy vazifasi, hayot mohiyati, uning tuzilish darajalari, shakllari, rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Biologiya – sitologiya va genetika, evolutsion ta’limot, ekologiya, paleontologiya, embriologiya, molekular biologiya, biokimyo, biofizika, biogeotsenologiya hamda tabiatshunoslikning boshqa sohalaridagi bilimlar asosida shakllangan kompleks fandir. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullariga kuzatish, taqqoslash, tarixiy, eksperimental usullari kiradi.

🚀 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va 2023-yilning eng muvaffaqiyatli talabalari jamoasiga qo‘shiling! 🚀
Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.

Содержание курса

Глава 1: Sitologiya (БЕСПЛАТНО)
1.1 Organizmlarning xilma-xilligi (БЕСПЛАТНО)
  • 0
  • 0
  • 6
  • 6
1.2 Sitologiya. Hujayraning tuzilishi va tuzilishi
  • 0
  • 0
  • 4
  • 5
1.3 Hujayraning kimyoviy tuzilishi va tarkibidagi organik birikmalar
  • 0
  • 0
  • 4
  • 4
1.4 Hujayralarda moddalar va energiya almashinuvi
  • 0
  • 0
  • 3
  • 4
1.5 Hujayra sikli
  • 0
  • 0
  • 1
  • 2
1.6 Organizmlarning ko‘payishi
  • 0
  • 0
  • 4
  • 5
1.7 Ontogenez
  • 0
  • 0
  • 2
  • 4
Глава 2: Genetika (БЕСПЛАТНО)
2.1 Irsiyat va o‘zgaruvchanlik. Mendel qonunlari
  • 0
  • 0
  • 3
  • 6
2.2 Jinsga bog‘liq va birikkan holda irsiylanish. Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri
  • 0
  • 0
  • 2
  • 5
2.3 O‘zgaruvchanlik qonuniyatlari
  • 0
  • 0
  • 2
  • 2
2.4 Odam genetikasi (БЕСПЛАТНО)
  • 0
  • 0
  • 1
  • 2
2.5 Seleksiya
  • 0
  • 0
  • 2
  • 2

Результаты отызов

0
Средний рейтинг
Количество отзывов: 0
0%
0%
0%
0%
0%

Отзывы наших учеников