PREP.UZ - Онлайн курсы, уроки и тесты.

Ona tili 8-sinf

Aziz o‘quvchilar! Donishmandlar: «Til – dilning kaliti», – deb bejiz aytmaganlar. Hayotda har bir insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz, albatta.

Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasi nechog‘lik katta ekani ayondir.

Siz 8-sinfda 7-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yana yangi-yangi ma’lumotlar olasiz, o‘rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziq mashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz.

8-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to‘g‘ri xulosalar chiqara olishingiz, so‘z boyligingizning oshishi, to‘g‘ri talaffuz va puxta imlo sohibi bo‘lishingiz yo‘lida Sizga hamroh va yordamchi bo‘la oladi.

Aziz o‘quvchilar! Ona tilingizning sir-asrorlarini chuqur o‘rganish boshqa fanlar eshigini oson va dadil ochishingizda muhim omil bo‘lishini his qilgan holda uni mehr bilan o‘rganing. Bu yo‘lda Sizlarga sabot va g‘ayrat tilaymiz.

Videodarslarda testlarda va darsliklarda ko‘p uchraydigan misollar qo‘llanilib tushuntirilgan. 

Kursda tilning kelib chiqishi, til bo‘limlari, imlo qoidalari, shuningdek, o‘zbek tili grammatikasiga oid nozik nuqtalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Har bir videodarsdan so'ng, mavzuga doir testlar berilgan bo'lib, testlarni ishlash orqali nafaqat mavzuni qay darajada o ‘zlashtirganingizni bilib olishingiz  mumkin, balki mavzuni uzoqroq muddatga eslab qolishingizga ham xizmat qiladi.

🚀 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va 2023-yilning eng muvaffaqiyatli talabalari jamoasiga qo‘shiling! 🚀

Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.

Содержание курса

Глава 1: Matn
1.1 Insho
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.2 Matn
  • 0
  • 0
  • 0
  • 1

Результаты отызов

0
Средний рейтинг
Количество отзывов: 0
0%
0%
0%
0%
0%

Отзывы наших учеников