PREP.UZ - Онлайн курсы, уроки и тесты.

Ona tili 9-10 sinf

Aziz o‘quvchilar! Shu kungacha Sizlar «Ona tili» fanining fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis bo‘limlari bo‘yicha izchil ma’lumot oldingiz.

Fonetika bo‘limida tovush va harf, ularning o‘zaro munosabati, so‘z tarkibida yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri, talaffuzi va imlosi, leksikologiya bo‘limida so‘zlarning ma’nolari, bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlar, iboralar, morfologiya bo‘limida so‘zning shakllari, so‘z turkumlari, sintaksis bo‘limida so‘zlarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari bilan tanishdingiz.

Gaplarning tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma gaplarga bo‘linishi haqida ma’lumot oldingiz va sodda gapning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritdingiz.

IX sinfda sintaksisni o‘rganishda davom etasiz. Unda sodda gap bilan qo‘shma gapning farqi, qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, qo‘shma gapning turlari, bir fikrni qo‘shma gapning turli ko‘rinishlari bilan ifodalash mumkinligi, ularda tinish belgilarining ishlatilishi bo‘yicha bilimga ega bo‘lasiz.

Ona tilimizning keng imkoniyatlarini o‘rganishda Sizga omad yor bo‘lsin!

Videodarslarda testlarda va darsliklarda ko‘p uchraydigan misollar qo‘llanilib tushuntirilgan. 

Kursda tilning kelib chiqishi, til bo‘limlari, imlo qoidalari, shuningdek, o‘zbek tili grammatikasiga oid nozik nuqtalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Har bir videodarsdan so'ng, mavzuga doir testlar berilgan bo'lib, testlarni ishlash orqali nafaqat mavzuni qay darajada o ‘zlashtirganingizni bilib olishingiz  mumkin, balki mavzuni uzoqroq muddatga eslab qolishingizga ham xizmat qiladi.

🚀 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va 2023-yilning eng muvaffaqiyatli talabalari jamoasiga qo‘shiling! 🚀

Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.

Содержание курса

Глава 1: Uslubiyat
1.1 Nutqiy uslublar
  • 0
  • 0
  • 0
  • 3
1.2 Leksik, morfologik va sintaktik vositalarni nutqiy uslubda qo'llash
  • 0
  • 0
  • 0
  • 4
1.3 Qo'shma gaplarda nutqiy uslub
  • 0
  • 0
  • 0
  • 1
Глава 2: Nutq madaniyati
2.1 Nutq madaniyati
  • 0
  • 0
  • 0
  • 5

Результаты отызов

0
Средний рейтинг
Количество отзывов: 0
0%
0%
0%
0%
0%

Отзывы наших учеников