Dilnavoz Yusupova
Dilnavoz Yusupova

Ma'lumot

Dilnavoz Yusupova - filologiya fanlar nomzodi, dotsent. 1976-yil 10-avgustda tug‘ilgan. Toshkent shahridagi 121-sonli o‘rta maktabni 1993-yilda imtiyozli tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirib, 1998 yil uni imtiyozli diplom bilan tugallagan. 1999-2005 yillarda JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Xorij matbuotida 10 ga yaqin ilmiy maqolasi e’lon qilingan. Ilmiy jurnal va to‘plamlarda 50 dan ortiq ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgan. Dilnavoz Yusupova ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib bormoqda.

O‘xshash kurslar (0)

To‘liq ko‘rish