Rus tili testlari - onlayn, bepul, javoblari bilan | Prep.uz
TAS-IX
Bepul testlar

Rus tili testlari

Mavzu tanlang va bilimingizni hoziroq tekshiring: har savoldan keyin to'g'ri javob va qisqa izoh chiqadi. Bepul, ro'yxatdan o'tish shart emas.

Sertifikatli onlayn imtihon

Rasmiy onlayn test-imtihon mobil ilovada o'tkaziladi. Ilovani yuklab oling va imtihonda qatnashing.

Ilovani yuklab olish

Rus tilidan onlayn test yechishning foydasi nimada?

Test - bilimdagi bo'shliqni topishning eng tez usuli. Bizning testlarimiz o'zbekzabon o'rganuvchilar uchun tuzilgan: savollar rus tilida, izohlar esa qoidani bir jumlada eslatadi. Har test 15 savoldan iborat, taxminan 5 daqiqa vaqt oladi va darhol natija ko'rsatadi. Xato qilgan mavzularingiz - keyingi darslaringiz ro'yxati: ularni kursda o'qituvchi bilan yoping.

Testlar bepulmi?

Ha, sahifadagi barcha mavzuli testlar va daraja aniqlash testi butunlay bepul, ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi.

Test javoblari ko'rsatiladimi?

Ha. Har savolga javob berganingizdan keyin to'g'ri javob va qisqa izoh chiqadi - qaysi qoida ishlaganini darhol tushunasiz.

Qaysi testdan boshlagan ma'qul?

Avval daraja aniqlash testini yeching - u umumiy holatni ko'rsatadi. Keyin eng past natija chiqqan mavzuning testiga o'ting: boshlang'ich, so'zlar, grammatika, padejlar yoki fe'llar.

Natijam yomon chiqsa nima qilay?

Bu normal - test aynan bo'shliqlarni topish uchun. Raqamingizni qoldiring: bepul konsultatsiyada natijangizga qarab o'qish rejasini tuzib beramiz.