Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Kimyo 7-sinf

Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga ayla nishini o‘rganadigan fandir.

Kimyo tabiatdagi barcha mavjudotlar turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda, ularning bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini, shuningdek, moddalarning xossalarini o‘rganuvchi fan hisob lanadi.

Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. Tabiatdagi yer, suv, havo, osmon jismlari, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tar kib topgan.

Moddalar esa hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan 118 ta kim yoviy elementning u yoki bu tarzda o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan birikmalardir. Kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o‘zga - rishlar natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning xossalarini o‘rganadi, ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlaydi va insoniyat uchun muhim bo‘lgan moddalarni topishda bevosita ishtirok etadi.

Tabiatda mavjud bo‘lmagan, sintetik yo‘llar bilan hosil qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalarning ko‘plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir. Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi uchun sun’iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo‘lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda.

Bularning barchasi moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

🚀 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va 2023-yilning eng muvaffaqiyatli talabalari jamoasiga qo‘shiling! 🚀

 

Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.

Darslar

Bo‘lim 1: Atom molekulyar ta'limot (BEPUL)
1.2 Atom va uning turlari
  • 0
  • 0
  • 3
  • 3
1.3 Kvant sonlari
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3
1.4 Davriy qonun
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3
1.5 Valentlik
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
1.6 Asosiy anorganik moddalar
  • 0
  • 0
  • 1
  • 5
1.7 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi
  • 0
  • 0
  • 1
  • 4
1.8 Gibridlanish
  • 0
  • 0
  • 1
  • 2
1.9 Kimyoviy bog‘lanish. Kovalent bog‘lanish
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3
1.10 Ion, metall va vodorod bog'lanish
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3
1.11 Kristall panjara
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
Bo‘lim 2: Umumiy kimyo (BEPUL)
2.1 Gaz qonunlari
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3
2.2 Eritmalar. Eruvchanlik koeffitsienti
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3
2.3 Molyar va normal konsentratsiya. Titr
  • 0
  • 0
  • 2
  • 2
2.4 Dissotsiyalanish
  • 0
  • 0
  • 1
  • 4
2.5 Vodorod ko‘rsatkichi. Muhitning pH qiymati
  • 0
  • 0
  • 1
  • 1
2.6 Gidroliz
  • 0
  • 0
  • 2
  • 3
2.8 Kimyoviy muvozanat
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3
2.9 Elektroliz
  • 0
  • 0
  • 1
  • 3

Baholar statistikasi

0
O`rtacha reyting
Baholaganlar soni: 0
0%
0%
0%
0%
0%

O‘quvchilarimiz fikrlari