Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Biz haqimizda

Maqsadimiz har bir insonga sifatli va dolzarb bilimlarni egallashga yordam berish.

SHU YERDA, HOZIR, ONLAYN.

Prep.uz ⎼ yurtimizning eng malakali ustozlaridan onlayn videodarslar jamlanmasi bo‘lib, u siz kabi yoshlarga ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Prep.uz ga 2016-yilda asos solingan bo‘lib, barcha qiziquvchilar uchun yurtimizning eng iqtidorli o‘qituvchilarining sodda va tushunarli mualliflik darslarini istalgan joydan, istalgan vaqtda ko‘rib o‘rganish imkoniyatini beradi.

Malakali ustozlarimizning mashaqqatli va uzoq davom etgan mehnatlari natijasida bugungi kunda saytimizda bir qancha fanlardan sifatli, qiziqarli va sodda talqindagi mualliflik videokurslari siz aziz foydalanuvchilarimizga taqdim etilgan.

Videokurslar fanlar bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, har bir videokurs kirish imtihonlariga tayyorlanishda abituriyentlar uchun kerakli bo‘lgan shu fanning to‘liq mavzularini o‘z ichiga oladi. Ustozlarimiz videodarsliklarni o‘zlarining ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga qaysi mavzularni qanday tushuntirishni chuqur anglagan holda bor mahoratlarini ishga solib tayyorlaganlar.

O‘qituvchilarni tanlab olish jarayoni ham kuchli talablar asosida - ularning o‘qituvchilik faoliyatini, o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini va erishgan yutuqlarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Shuning uchun, sizga bu videodarsliklar ma’qul kelishiga ishonamiz.

Bizning asosiy maqsadimiz – Prep.uz fanlarni o’zlashtirishda shunchaki bir vosita bo‘lib qolmasdan, kelajakda ta’lim olishning ajralmas bir qismi sifatida xizmat qilishiga erishishdir. Biz saytga doimiy ravishda yangi funksiyalarni qo’shish va darslarni yanada soddalashtirish orqali videodarslarni yanada ko’proq insonlarning ta’lim olishi uchun foydali bo‘lishiga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Buning uchun siz aziz foydalanuvchilarmizdan ko‘proq takliflarni, yangidan yangi g‘oyalarni bajonidil kutib qolamiz.