Kurs orqali siz Hozirgi o‘zbek adabiy tilining kelib chiqishi, yasalishi, grammatikasi va boshqa nozik qirralari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Har bir videoga oid testlar bilan bilimlaringizni tekshirib boring.
Berilgan kurs 70 dan ko‘proq mavzularga bo‘lingan bo‘lib, abituriyentlarni kirish test imtihonlariga tayyorlashga, litsey va kollej o‘quvchilariga doimiy darslariga yordam berishga, maktab o‘quvchilarining darslarda ona tilini osonroq o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish uchun tayyorlangan.
Videodarslarda testlarda va darsliklarda ko‘p uchraydigan misollar qo‘llanilib tushuntirilgan.
Kursda tilning kelib chiqishi, til bo‘limlari, imlo qoidalari, shuningdek, o‘zbek tili grammatikasiga oid nozik nuqtalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Har bir videodarsdan so'ng, mavzuga doir testlar berilgan bo'lib, testlarni ishlash orqali nafaqat mavzuni qay darajada o ‘zlashtirganingizni bilib olishingiz mumkin, balki mavzuni uzoqroq muddatga eslab qolishingizga ham xizmat qiladi.