Python dasturlash tili haqida boshlang'ich tushunchalar
Python kursining boshlang'ich darslari. Ushbu kurs orqali siz dasturlashga ilk qadamlarni tashlaysiz.
Darslar video, test, topshiriqlarni o'z ichiga olgan. Soddadan murakkablikka qarab tuzilgan kursni boshidan boshlab berilgan ketma-ketlikda o'rganib boring.
Kursdan foydalanish bo'yicha tavsiya!
Video darsni tomosha qilib, unda berilgan yoki bajarilgan ishlarni o'z kompyuteringizda bajarib ko'ring. Videoda o'tilgan mavzuga oid testni yeching. Shundan so'ng agar darsda amaliy topshiriq berilgan bo'lsa, uni albatta bajaring. Topshiriqlar shu video darsga oid tuzilgan.