Ertami, kechmi, har qanday insonni “kelajakda qaysi kasbni egallasam ekan?”, degan savol qiynaydi. Bu masala nafaqat endi oliy o‘quv yurtiga kirayotgan yoshlar uchun, balki ma'lum sabablarga ko‘ra nufuzliroq, ko‘proq haq to‘lanadigan ish topishni istagan katta yoshdagi kishilar uchun ham dolzarb muammoga aylanadi. Kim bilsin, balki aynan bugun kasbni o‘zgartirish haqida bosh qotirish payti kelgandir? Quyida kasblar reytingini diqqatingizga havola etamiz: dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan kasblar haqida bilib olasiz. Bu ma'lumot Sizga ushbu muhim savolga javob topishda yordam beradi?
1. Xirurg

Bu kasbning muhimligi va nufuzli ekanini yana bir bor isbotlashga xojat yo‘q. Shunday holatlar bo‘ladiki, inson hayot qoladimi, yo‘qmi - bu aynan xirurgning qo‘lida bo‘ladi. Shu munosabat bilan komil ishonch bilan aytish mumkinki, xirurg dunyoda eng ko‘p talab etiladigan tibbiyot kasblaridan biri. Ammo, tegishli bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish uchun 10-15 yil o‘qish kerak. Yevropa darajasidagi mutaxassislar yiliga $120 000 - 300 000 miqdorida maosh olishga umid qilishlari mumkin. Bu eng yuqori maosh.
2. Psixiatr

Boshqa tibbiyot mutaxassisliklaridan farqli o‘laroq, bu soha professionallari stress, depressiya, asab faoliyati buzilishi va aynima psixika bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga ko‘maklashadilar, bu esa bugungi kunda juda dolzarb masala. Aytish lozimki, talab darajasida ta'lim olish ancha qimmat bo‘ladi. Shunga yarasha bunday ekspertning maoshi yiliga $120 000 - 180 000 gacha bo‘lishi mumkin.
3. Anesteziolog

Tajribali anesteziologga bo‘lgan ehtiyoj xirurglarga bo‘lgan ehtiyojdan kam emas. Aynan shu mutaxassislar operatsiya chog‘ida bemorning holatinikuzatib turadilar, narkozning dozasini nazorat qiladilar. Shuningdek, anesteziologlar operatsiyadan keyingi davrda ham bemorning holatini kuzatib boradilar. Bu tibbiyot xodimlarining maoshi yiliga $160 000 ga yetadi.
4. Uchuvchi

Tezligi va xavfsizligi tufayli havo transporti dunyodiga eng ommaviy transport hisoblanadi. Shunday ekan aerotexnika uchuvchisi kasbi dunyodiga eng ko‘p haq to‘lanadigan mutaxassislik hisoblanishining ajablanarli joyi yo‘q. Bu kasb egalari tegishli tayyorgarlikdan o‘tishdan tashqari, juda mustahkam sog‘liq va asab sohibi bo‘lishi kerak. Daromadi: yiliga $100 000 - 150 000.
5. Stomatolog

Ko‘rib turganingizdek, tibbiyot sohasi mutaxassislari dunyoda talab eng katta mutaxassis bo‘lganlar va bo‘lib qoladilar. Stomatolog kasbi ham bundan mustasno emas. Tish doktorining xizmatlariga bo‘lgan talab taklifdan 4 marta ko‘p ekaniga nima deysiz? Taxmin qilingan daromad: yiliga qariyb $100 000.
6. Muhandis

Texnik taraqqiyot sohasidagi barcha yutuqlarimizga muhandislar sharofati bilan erishganmiz. Muhandislar yangi texnologiya va materiallarni ishlab chiqish bilan birga bino va inshootlarni loyihalashtiradilar, quradilar, shuningdek turli korxonalardagi barcha texnik asbob-uskunalar ishini nazorat qiladilar. Mohir muhandislar yiliga $100 000 daromad olishi mumkin.
7. Huquqshunos

Hammaga ma'lum, bugungi kunda bironta shartnoma yo‘qki, uni tuzish va imzolashda huquqshunos xizmati kerak bo‘lmasa. Bunday mutaxassislar, shuningdek, turli huquqiy mojarolarni hal qiladilar va yirik kompaniyalarga doim yangilanib turadigan qonunchilik hujjatlaridan chetga chiqmaslikda ko‘maklashadilar. Yaxshi huquqshunosning maoshi yiliga $60 000 dan $120 000 gacha bo‘lishi mumkin.
8. Marketolog

19 asr o‘rtalarida Yevropada o‘z tovarini reklama qilish uchiga chiqqan odobsizlik sanalgan. Atigi 100 yil o‘tib, reklama sotuvlar lokomotiviga aylandi. To‘g‘ri tashkil etilgan reklama kampaniyasi yordamida tashkilotning daromadini oshirishga qodir tegishli mutaxassislar esa yiliga $36 000 dan $120 000 gacha daromad olishga umidvor bo‘lishlari mumkin.
9. IT-mutaxassis

Axborotga egalik qilgan, butun olamga egalik qiladi. Bizning zamonamizga, ya'ni axborot texnologiyalari va internet davriga mos juda to‘g‘ri fikr. IT-mutaxassislar dasturiy ta'minot yaratish, dastur fayllarini zarar yetkazadigan dasturlardan himoyalash bilan shug‘ullanadilar hamda muhim ma'lumotlar oshkor bo‘lishining oldini oladilar. O‘rtacha maoshi: yiliga $24 000 dan $120 000 gacha.
10. Seleksioner

Bugun olimlar odamni hayajonlantiradigan prognozlar qilmoqdalar, ularning fikricha 2050 yilga kelib Yer aholisi 9-10 mlrd kishiga yetadi. Hozirda aholi ko‘pligi va oziq-ovqat yetishmasligi tufayli dunyoning ko‘plab kam rivojlangan mamlakatlarida ochlik muammosi hali xanuz hal etilmagan. Gen muhandislari va seleksionerlar oldida serhosil o‘simliklar navini ishlab chiqish orqali aynan shu muammoni hal etish masalasi turadi. Taxminiy daromad: yiliga $80 000.
Ko‘rib turganingizdek, eng yuqori haq to‘lanadigan kasblar turli-tuman va bu kasb egalarining har biri nafaqat ko‘ngli tusagan ish bilan shug‘ullanish, balki o‘z kasbi orqasidan yaxshi daromad olish imkoniyatiga ega.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students