Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Stajorlik va uning afzalliklari

Omina Sharipova 23-08-2020

  • 1969
  • 0

Stajorlik (internship), boringki amaliyot dasturi haqida gaplashishga nima deysiz?

Xõp, stajorlik õzi nima? Qanday «plus» va «minus»lari bor? Hayotimizda qanday ahamiyat kasb etadi?

Keling boshidan boshlaymiz…

Tajriba – har qanday eshiklarni ochuvchi asosiy omil. Tajribali kadr – hamma ish beruvchi ideali.

Stajorlik esa, muayyan sohada tajriba orttirish davri. U bo’lishi mumkin: tõlanuvchi (paid) yoki kõngillilik asosida (unpaid), davom etish muddatiga ko’ra: 1 haftalikdan boshlab, 12 oylikkacha.

Stajorlikning eng katta afzalligi – siz aynan õzingiz istagan soha muhiti (atmosfera) ichida bõlasiz. Keyingi ustunliklar esa, õz navbati bilan, netvorking, tajriba orttirish, soft va hard skillarni oshirish (bu atamalarni shunday qoldirishni afzal bildim), bilim va kõnikmalarni boyitish, yangi qirralarni namoyon etish va hakozo, hakozo… Xullas, foydalari juda kõp! Ziyoni bõlishi mumkin vaqtingizni ketishi (u ham qachonki siz õz yõlingizda bõlmasangiz).

Mening ilk stajorligim, unutilmas va boy xotiralar bilan Õzbekiston ingliz tili õqituvchilari assotsiatsiyasi (UzTEA) da õtdi. Salkam bir yil, dastavval stajor, keyin koordinator sifatida katta davralar, bir muncha yirik loyihalar, kõplab tadbirlar, sanoqsiz uchrashuvlar markazida bõldim (ishonavering, Hyatt Regency, Radisson Blue degan joylarda ham tadbirlar qildik, Buxoroyam qolmadi, Ijod saroylari, vazirlik va idoralarniku aytsam ham bõladi). Bir necha etagidan mahkam tutib olgan ustozlarim kõmagida ichki MENimni teranroq anglashga erishdim.

Vaqtni qadrlay boshladim…

Bilasizmi, õsha bir yillik tinimsiz mehnat, uyqusiz tunlar hozir men uchun baland imoratlarda joylashgan tashkilotlar eshiklarini ochmoqda. U kabi tashkilotlarning maoshlari ham joylashuvidek baland bõlarkan.

Qissadan hissa shuki, men ilk qadamlarimni (karyerada) tõğri tashlashga yordam bergan amaliyot dasturlarini o’taganimdan cheksiz mamnunman!

Sizlarga ham, shu kabi amaliyot dasturlarda o’zingizni sinab ko’rishda va bilim, tajriba hamda ko’nikma orttirishda hormang, deb qolaman. Eng asosiysi, hech qanday imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Ishoning, har qanday qilingan beminnat mehnat õz mukofotini topadi.

Manba: yourchance

Fikrlar