Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Ijodiy imtihonlar bo‘yicha qanday o‘zgarishlar bor?

Omina Sharipova 25-07-2020

  • 594
  • 0

Bugun, 25 iyul kuni AOKA tashkil etilgan shtabda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing o‘tkazilib, hamyurtlarmiz savollariga javob berildi.

Oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonida o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar bo‘yicha qanday o‘zgarishlar kiritilyapti?

Farxad Babashev, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari:

- Bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kirish imtihonlarini bir xillashtirish maqsadida test bilan birga bo‘ladigan ijodiy imtihonlar o‘rniga oldingi yillarda shu taʼlim yo‘nalishidagi test fanlaridan biri qo‘yilishi rejalashtirilgan.

❗️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa amaldagi tartibda o‘tkaziladi.

Fikrlar