Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

O‘zbekistonda masofaviy ta’lim imkoniyatlari

Prep.uz (Admin) 31-07-2018

Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.

  • 8591
  • 8

Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa oqish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda. Turli axborotlar «bozori»da yanglishib qolmaslik uchun sifatli xizmatlardan foydalanish zarur. Ozbekistonda songgi yillarga kelib bu yonalish rivojlanmoqda.

Endi uydan chiqmay turib sifatli talimni egallash yangilik emas. Masofaviy talim malumotlaridan oquv kursining saytida royxatdan otgach foydalanish mumkin. Har bir dars tinglovchining bilimni egallaganini tekshiruvchi alohida misollar, sinovlardan iborat boladi. Talim jarayonida o’qituvchi bilan turli multimedia vositalari yordamida fikr almashish ham mumkin. Kursni muvaffaqiyatli yakunlashda esa oquvchilar imtixon topshirib maxsus sertifikatni qolga kiritish imkoniga ega.

Hozirgacha bir qator mahalliy Oliy oquv yurtlari va tashkilotlarda masofaviy oqitish amalga oshirilgan. Masalan, Respublika «Ozbekturizm» ilmiy-oquv konsalting markazida, SamDTI, ToshDPI Termiz filialida yolga qoyilgan masofaviy oqitish kurslarini misol qilib korsatish mumkin.

Onlayn ravishda bilim olishni, masofadan turib oqishni istaganlar uchun turli xildagi platformalar muntazir. Masalan, YouTube platformasidagi ozbek tilidagi video darslar maruzalar orqali amaliy konikmalarni ham mustahkamlab borishni niyat qilganlar uchun foydali. Sababi, bunday video darsliklarda tomoshabin ekranida soz borilayotgan mavzuning batafsil bayoni tasvir orqali beriladi. Masalan, psd.uz saytining YouTube’dagi sahifasida Photoshop grafik muharriri haqida bir nechta videodarslar tayyorlangan bolib, ularning davomiyligi asosan 2-3 daqiqadan iborat. Bu esa mavzuning bolib alohida organilishini hamda uni yaxshi egallash imkonini beradi. Ammo materiallar faqat boshlangich malakaga ega kishilar uchun tayyorlangan va videodarsliklar soni juda kam. Yana bir boshqa Code Leader nomli sahifa tomonidan berib boriladigan Web dasturlash asoslari boyicha darslar ozbek tilida dasturlash boyicha bilimlarini boyitmoqchi bolganlar uchun moljallangan. YouTube’da turli soha boyicha bunday darslarni topish mumkin.

Bundan tashqari, interaktivlikni ozida namoyish etuvchi yordam.uz saytida foydalanuvchilar dasturlash boyicha ozlarini qiziqtirgan savollarni ozbek tilida yozib qoldirishlari mumkin. Sayt mualliflari bolgan mutaxassislar esa mazkur savollarga javob yozib qoldiradilar. Bu platforma tuzilishi bilan forumga ham oxshash, chunki mualliflardan tashqari royxatdan otgan foydalanuvchilar ham berilgan savolga javob qoldirishlari mumkin.

Umuman olganda bugun axborot tarqatishda foydalanuvchilar orasida Telegram-kanallarining salmogi yuqori. Eng qulay va tezkor kommunikatsiya vositasi bolgan Telegramda ham masofadan turib bilim olish mumkin. Til organish, pazandachilik va boshqa fanlarga ixtisoslashgan kanallarga qoyiladigan turli formatdagi malumotlar istalgan vaqtda qol ostingizda boladi. Bunday oqishning yagona kamchiligi kanallarga yuklanadigan reklamalarning kop bolishidir. Shunday bolishiga qaramay bugunga kelib Telegram kanallarini faqat bir tomonlama axborot uzatuvchi deb bolmaydi. Uning ovoz berish imkoniyati sabab auditoriya ham oz fikrini bildirib ovoz berishi mumkin. Misol uchun, dasturlash haqidagi blog, videodarslar, tarjima va maqolalar berib boruvchi mayoq.uz kanali ushbu elementdan samarali foydalanadi.

Masofadan o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega.

  • Dars jadvalining qulayligi;
  • Istalgan joydan turib ta’limdan  foydalanish manzillari;
  • Ta’lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunishlari tempida o‘tkaziladi;
  • Qulay o‘quv reja;
  • Ma’lumotlar bazasining to‘planishi, ya’ni oldingi o‘qigan talabalar bilimlarini to‘plash va undan foydalanish imkoniyati.
  • Multimediya imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish.
  • Malakali o‘qituvchilarni tanlab ta’lim jarayoniga jalb qilish.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali masofaviy talimga qoshilish bu boradagi yangiliklardan birinchilardan bolib xabardor bolish, oz natijalarini dostlar bilan bolishish hamda dostlarining ham yutuqlari bilan tanishish imkonini beradi. Bazi tinglovchilar blog yuritish bilan oz fikrlarini bolishib boradilar. Bu esa obunachilar orasida masofaviy talimning ommalashuviga hamda boshqa tinglovchilar uchun oz bilimlarini mustahkamlashga komak beradi.

Mashhur xorij universitetlari ham internet orqali oz masofaviy kurslarini taqdim etadilar. Bunda mazkur kurslarni tugatgan kishilar ushbu OTMning diplomiga ega bolmasa-da, professorlar, Nobel mukofoti laureatlarining maruzalarini organishlari mumkin boladi. Bunday talim turi ananaviy talimga qaraganda bir necha barobar arzonroq bolishini ham takidlab otish lozim.

Masofadan bilim olishni kengaytirish va uni hamma uchun ochiq qilish bugun yonalishdagi asosiy jihatlardan biri. 

Manba: https://developers.uz/article/ozbekistonda-masofaviy-talim-imkoniyatlari

 

Fikrlar