Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

TOEFL imtihoni: tartibi qanday narxi qancha va O‘zbekistonda qayerda topshirish mumkin?

Prep.uz (Admin) 31-07-2018

Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.

  • 7355
  • 2

TOEFL – Test of English as a Foreign Language imtihoni chet ellik ingliz tili ona tilisi bo‘lmaganlar uchun ingliz tili (Shimoliy Amerika varianti)ni egallaganlik darajasini baholash maqsadida o‘tkaziladi. Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.

TOEFL haqida qisqacha:

Til – ingliz tili;
Tashkilotchi – Education Testing Services (ETS);
Rasmiy sayt – http://www.ets.org;
Nechta davlatda o‘tkaziladi – 150 dan ortiq;
Yilda necha marta o‘tkaziladi – bir yilda 50 marta, 2018-2019-yil uchun O‘zbekistonda 2018-yilning noyabridan 2019-yilning aprelgacha topshiriladi;
Imtihon haqi – 2018-2019-yillar uchun 180-AQSH dollari;
Amal qilish muddati – 2 yil;
Davomiyligi – 4 soat 30 daqiqa;
Baholanishi – 120 ballik tizim.

O‘zbekistonda qayerda topshirish mumkin:

• Toshkent shahridagi Inha Universiteti; Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi 9-uy; Telefon: (+998 71) 289 99 99; Faks (+998 71) 269 00 58; electron pochta: info@inha.uz; Rasmiy sayt: iut.uz, www.inha.uz;

• Toshkent International Scholl (TIS); Manzil: Toshkent shahri, 700005 Sariko‘l ko‘chasi 38-uy; Telefon: (+998 71) 291 96 70; electron pochta: office@tashschool.org; Rasmiy sayt: tashschool.org

• «Micros» o‘quv markazi; Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi 86-uy, Telefon (+998 71) 200 34 34, (+998 71) 120 71 35, Faks (+99871) 281 43 65; Rasmiy sayt: https://micros.uz/.

TOEFL imtihoni turlari

Sinovning bir nechta turlari mavjud:
TOEFL Primary – 8 yoshdan kattlar uchun ingliz tili bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar shakllanganligini aniqlashda o‘tkaziladi;

TOEFL Junior – 11 yoshdan kattalar uchun ingliz tilini egallaganlik darajasining kengligini tekshiradi;

TOEFL ITP – ishtirokchilar bilimini universitet darajasida takomillashganligini aniqlaydi;

TOEFL iBT – universitetga qabul qilish uchun bilim, ko‘nikma, malaka darajasini 4 bosqichda tekshiradi.

Universitet hujjat topshirayotgandan sizdan aynan TOEFL iBT – (B1, B2, C1) natijasi talab qilinadi.

TOEFL imtihonini topshirish tartibi

1-qadam. Ro‘yxatdan o‘ting. Registratsiya 24 soat ochiq bo‘ladi. Faqat imtihonga 10 kun qolganda yopiladi.

2-qadam. To‘lovni amalga oshiring. American Express, Discover, JCB, MasterCard yoki VISA kredit-debet kartalari, PayPal, Western Union, Quick Pay hamda electron chek orqali.

• Internetda ro‘yxatdan o‘tayotganingizda foydalanuvchi ismi va paroli bilan o‘z profilingizni yaratasiz;

• Imtihon kuniga qayd etilish uchun identifikatsiya raqamingiz (ID)ni yozish kerak bo‘ladi. ID sizning fuqaroligingiz va qaysi davlat imtihon topshirayotganingizga bog‘liq;

• TOEFL testi haqini to‘lash;

• Imtihondan bir kun oldin profilingizni tekshiring, sizga ro‘yxatdan o‘tganingiz tasdiqlangani haqida xabar qilinadi. Agar imtihon markazida o‘zgarish yoki vaqt ko‘chirilgan bo‘lsa, bu haqida profilda e’lon qilinadi;

• Ro‘yxatdan o‘tganingizni tasdiqlovchi hujjatni chop etib, o‘zingiz bilan oling yoki ro‘yxat raqamingizni yozib oling, bu sizga imtihon kuni kerak bo‘lib qolishi mumkin.

3-qadam. Imtihon kuni.

• Imtihon boshlanishidan 15 daqiqa oldin kelib, kutib turing, agar kechiksangiz, imtihonga kiritilmasligingiz mumkin;

• Shaxsingizni aniqlsh. ID raqamingiz imzo va fotosuratingiz ro‘yxatdan o‘tganda berilgan ID raqa bilan mos bo‘lishi kerak.

• Ro‘yxat raqamingizni ham aytishingiz yoki ko‘rsatishingiz mumkin.

4-qadam. Imtihondan keyin.

  • Imtihon natijalari sinov kunidan taxminan 10 kun o‘tib e’lon qilinadi;

  • Natijani onlayn tarzda profilingizga kirib ko‘rishingiz mumkin;

  • Baholar pochta orqali sizga jo‘natilishi mumkin (agar qog‘oz shaklini so‘ragan bo‘lsangiz). Shuningdek, siz tanlagan universitetlarga ham yuboriladi. Bu imtihondan taxminan 13 kun o‘tgandan keyin amalga oshiriladi;

  • Agar olgan bahoingiz sizni qoniqtirmasa, imthonni qayta topshirish imkoni bor. Faqat, imtihon kuni avvalgi topshirgan kuningizdan 12 kun keyin bo‘lishi kerak

Sinov tarkibi

Imtihon qismlari 4 ta, har biri 30 balldan – maksimal 120 ball bilan baholanadi, ular quyidagilar:

Reading / o‘qib tushinish. Berilgan 3-4 ta matndan parchalarni o‘qib 36-56 ta savolga javob berishingiz lozim. 60-80 daqiqa vaqt beriladi;

Listening / tinglab tushunish. Ma’ruza, auditoriyadagi suhbatlar kabi materiallarni eshitib, berilgan 34-51 ta savollarga javob berasiz. 60-90 daqiqa beriladi;

Speaking / so‘zlash. Reading va listeningda berilgan topshiriqlar, tanish mavzu bo‘yicha fikrlaringizni aytishingiz kerak. Sizga 6 ta topshiriq va 20 daqiqa muddat ajratiladi;

Writing / yozish. Reading va listeningda berilgan 2 topshiriq yuzasidan esse yozasiz. Buning uchun 50 daqiqa vaqt beriladi 

Baholanishi: 

 

 

SKILL SCORE RANGE LEVEL
Reading 0-30

High (22-30)
Intermediate (15-21)
Low (0-14)

Listening 0-30

High (22-30)
Intermediate (15-21)
Low (0-14)

Speaking 0-30 score scale

Good (26-30)
Fair (18-25)
Limited (10-17)
Weak (0-9) 

Writing 0-30 score scale

Good (24-30)
Fair (17-23)
Limited (1-16)

Total Score 0-120  

 

Imtihon natijasi til bilish darajasi quyidagicha:

CEFR
A1-C2
IELTS
0-9
TOEFL
0-120
<A1 <C2.0  
A1 2.0-3.5  
A2 4.0-4.5  
B1 4.5-50 57-86
B2 5.5-6.5 87-109
C1 7.0-8.0 110-120
C2 8.5-9.0  

 

Manba: https://grantlar.uz/blog/toefl/

Fikrlar