Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Andijon mashinasozlik institutida yana bir yangi fakultet tashkil qilindi.

Omina Sharipova 28-07-2020

  • 411
  • 0

Andijon mashinasozlik instituti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kelishuviga asosan institutda yana bir fakultet, Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti tashkil etildi. Bu haqda universitet matbuot kotibi kanalimizga ma'lum qildi.

 Endilikda yangi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab fakultetda Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish va Axborot texnologiyalari kafedralari kesimidagi “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Mexatronika va robototexnika”, “Intellektual muhandislik tizimlari” yo‘nalishlari talabalariga ta’lim beriladi. Fakultetdagi talabalar soni 2020/2021 o‘quv yiliga 422 tani tashkil etadi.

Fikrlar