Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Diniy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari tartibi maʼlum bo‘ldi

Omina Sharipova 13-06-2020

  • 1053
  • 0

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili bo‘yicha quyidagi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkaziladi.

🔸O‘rta maxsus islom taʼlim muassasalari bo‘yicha:

- 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;

- 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.

Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkaziladi.

🔸Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo‘yicha:

- “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;

- “Arab tili” (ijodiy imtihon) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga

2.1 ball beriladi, jami 63 ball;

- “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

🔸Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

- “Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;

- “Arab tili” (ijodiy imtihon) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga

2.1 ball beriladi, jami 63 ball;

- “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

Fikrlar