Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlaridan eng iqtidorli 20 nafari universitet grantiga qabul qilinadi.

Omina Sharipova 14-05-2020

  • 640
  • 0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-may VM-272-son qarori bilan Toshkent shahridagi Britaniya menejmenti universiteti tashkil etildi

Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanib, unda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud taʼlim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 20 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlar o‘qishga qabul qilinadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Fikrlar