Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Matematika sohasidagi olimlar, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar

Omina Sharipova 02-06-2020

  • 517
  • 0

Matematika sohasidagi olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda hamda talabalarning matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalardata ishtiroki Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tanlov natijalari asosida amalga oshiriladi.

Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori bilan:

👉 “Olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish harajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom;

👉 “Talabalarning matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda qatnashish harajatlarini Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish tartibi” tasdiqlandi.

Endilikda OTM professor-o‘qituvchilari hamda talabalari nufuzli xalqaro anjumanlar, olimpiadalarda ishtirok etishda ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Batafsil O‘zbekiston Matematiklari telegram kanali.

Fikrlar