Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

O’qishni ko’chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolarga eslatib o'tamiz!

Omina Sharipova 22-08-2020

  • 1125
  • 0

2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Ayrim arizalar maʼlum bir sabablarga ko‘ra RAD ETILDI.

Rad etilgan arizalarni kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning SO‘NGGI MUDDATI 2020 yil 25 avgust kuni soat 23:59.

Ushbu muddatdan so‘ng kamchiliklarni bartaraf etishga (arizani tahrirlashga) yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KO‘RIB CHIQILMAYDI.

‼Ro‘yxatdan o‘tgan barcha fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Shu bilan birga, 2020 yilning bahorgi semestrida qo‘shni davlatlardan respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishi ko‘chirilishiga ruxsat etilgan ammo belgilangan tartibda buyruq asosida talabalikka qabul qilinmagan talabalar o‘qishini qayta ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra qayta tahrirlash uchun qaytarildi:

🔹 pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);

🔹 OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik maʼlumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;

🔹 o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki taʼlim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;

🔹 mavjud bo‘lmagan OTM yoki taʼlim shakli yoki taʼlim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.

 

Fikrlar