Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti MBA dasturi bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qilmoqda

Omina Sharipova 28-07-2020

  • 497
  • 0

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Malayziyaning Putra Biznes maktabi bilan hamkorlikda MBA (Biznes Boshqaruvi Magistri) dasturi bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qilishni boshlamoqda.

Putra Biznes Maktabi Malayziyaning Putra universiteti (UPM) qoshidagi bitiruvchilar maktabi hisoblanadi. Ushbu universitet “QS World University Rankings” xalqaro universitetlar reytingida 132-o‘rinni egallaydi.

Putra Biznes Maktabi MBA dasturi inson boshqaruvi qadriyatlari va prinsiplariga amal qiladigan kelajakdagi rahbar kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu dastur biznes olamini chuqur tushunishni istagan bo‘lajak top-menedjerlar uchun mo‘ljallangan. O‘quv dasturi talabalarga odamlarni va g‘oyalarni samarali boshqarish qobiliyatini berish, hozirgi tez o‘zgaruvchan va murakkab sharoitdagi tashkilotlarni oldinga siljitish uchun strategik fikrlashga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBAdasturi AQSHning AACSB akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyalangan. Jaxonning 5% dan kam biznes maktablari ushbu akkreditatsiyani olishga erishgan. Shuningdek, ushbu dastur Malayziyaning malaka agentligi (MQA) va Malayziya Oliy taʼlim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu akkreditatsiyalar MBA dasturi sifat darajasining yuqori ekanligini kafolatlaydi. Taʼlimni muvaffaqqiyatli tamomlagan talabalar “Umumiy boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Putra Biznes maktabi MBAmagistri diplomini qo‘lga kiritadi.

Toshkent shaxridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Master of Business Administration (MBA: General Management) o‘quv dasturi asosida talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini maʼlum qilmoqda.

Universitetlar o‘rtasida imzolangan Shartnoma asosida taʼlim Toshkent shaxridagi Turin Politexnika Universitetida Malayziyalik professorlar tomonidan (Ingliz tilida) olib borilishi ta'kidlanmoqda.

O‘quv dasturi davomiyligi 18 oy (5 semestr). Soxada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun kechgi kurslar tashkil etiladi.

Taʼlim uchun umumiy to‘lov kontrakt qiymati 8000 AQSH dollari, Malayziya tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga 20% imtiyoz beriladi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti tomonidan qo‘shimcha 200 AQSH dollar imtiyoz beriladi, shunda to‘liq dastur uchun 6200 AQSH dollari to‘lanadi (bir o‘quv yili uchun 3100 AQSH dollari). Qo‘shimcha maʼlumotlar hujjat topshirish davomida beriladi.

O‘quv dasturi 2020 yil sentyabr oyidan boshlanadi. Taʼlim inliz tilida olib boriladi. O‘qishga kirish uchun nomzodlardan IELTS 6.0 va undan yuqori, va bakalavr diplomi talab etiladi (bakalavr bosqichini xorijiy universitet filiallarida ingliz tilida o‘qiganlar bundan mustasno).

Birinchi o‘quv yilida IELTS sertifikati yuq nomzodlar o‘qishni boshlagandan keyin 6 oy muddatda IELTS 6.0 sertifikati olib taqdim etishi talab etiladi.

Nomzodlarga Malayziyalik professorlar tomonidan 20 avgust kuni sinov darsi tashkil etiladi.

Hujjatlarni topshirish oxirgi muddati: 25.08.2020 y.

E-mail: o.mukhitdinov@polito.uz; e76dilshod@gmail.com

Fikrlar