Algebraga doir eng sodda mavzulardan tortib eng qiyinlarigacha o‘rganishni boshlang. Mavzular abituriyentlar, litsey va kollej talabalari, va yuqori sinf maktab o‘quvchilari bilim darajalari saviyasida tushuntirilgan. Videodarslardan so‘ng berilgan 1000 ga yaqin mavzularga oid testlar bilan bilimlaringizni tekshiring va mustahkamlang. Kurs DTMning I va II darajali savollarini ishlash darajasiga yetish uchun mo'ljallangan
Kurs davomida o‘quvchilar eng sodda mavzulardan murakkab mavzularga bosqichma-bosqich va o‘quvchilar uchun yengil usullarda o'rgatilib boriladi.
Sodda mavzular ham qiziq, noodatiy misollar va yechim yo‘llari bilan boyitilgan. Tushunchaga ega, mavzuni ancha oldin o‘zlashtirgan o‘quvchilar uchun ham darslar qiziqarli bo‘la olishi kerakligi nazarda tutilgan.
O‘zlashtirishga murakkab mavzular sodda va aniq yo‘llar orqali tushuntirilgan. Bir misol yechishning turli xil usullari mavjud bo'lsa, ular ham qo'shilgan.
O‘quvchilarga o‘zlashtirish qiyin tuyuladigan – ildiz, logarifm, trigonometriya, hosila, integral kabi mavzularga alohida e'tibor qaratilgan.
Har bir videodarsdan so‘ng, mavzuga doir testlar berilgan bo‘lib, testlarni ishlash orqali nafaqat mavzuni qanchalik o'zlashtirganingizni bilib olishingiz, balki testlar mavzuni uzoqroq muddatga yodda qolishingiz uchun ham xizmat qiladi. Testlarni yecha olmagan taqdiringizda, testlarning tahliliga ko‘z yugurtiring. Tahlillarda misolni yechishni bir yoki bir qancha yo‘llari ko‘rsatilib berilgan.
Kurs o‘quvchilardan tushgan takliflar va o‘quv materiallaridagi yangiliklarga asosida yangilab boriladi.