Biologiyani biz bilan o‘rganing. Kursda siz uchun 200 dan ortiq videodarslar va bilimlaringizni tekshirib borish uchun 2000 dan ortiq testlar berilgan. Qiziq va tushunishga oson bo‘lishi uchun darslar rasmlar va videolar yordamida tushuntirilgan.
Bio – hayot, logos – fan, o‘rganish, bundan – hayot haqida fan, tirik organizmlarning ekologik tizimidagi o‘zaro bog‘liqlik va munosabatlarni ko‘rsatuvchi fan kelib chiqadi. Biologiya barcha tirik mavjudotlarning kerakligini va biologik zanjirdan olingan har qanday birlik butun aloqaning va uyg‘unlikning buzilishiga olib kelishini tushunishga yordam beradi.
Biz sizga taqdim etayotgan Biologiya fanidan videokurs Botanika, Zoologiya, Odam va uning anatomiyasi, Sitologiya va Genetika asoslari va Biologiya qismlaridan tashkil topgan bo‘lib, sizga bu fanlarni mustaqil ravishda chuqurroq va qiziqroq tartibda o‘zlashtirishga yordam beradi. Videokursda maktab va akademik litsey darsliklaridagi barcha mavzular qamrab olingan bo‘lib, har bir video maruzadan so‘ng, maruza matnlarni o‘qishingiz va darslarni o‘zlashtirish darajangizni tekshirish uchun testlarni ishlab ko‘rishingiz mumkin. Shu tartibda mavzularni o‘rganish materialni to‘liq tushunish va mavzular o‘rtasidagi bog‘liqlikni his etishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Mazkur Biologiya videokursi quyidagi darsliklar asosida tayyorlangan:
Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.