Sizning mustaqil bilim olishingiz va olgan bilimlaringizni esda saqlab qolishingiz uchun darslikda barcha mavzularga mantiqiy topshiriqlar, biologik masalalar, amaliy mashqlar va o‘ylab javob beriladigan savollar ilova qilingan. Mantiqiy topshiriqlar sizning mustaqil bilim olishingizni yengillashtiradi, olgan bilinilaringizni tekshirib ko‘rib, yo‘l qo‘ygan xatolaringizni aniqlashga yordam beradi. Biologik masalalar, mashqlar, jurnboqli savollar esa o‘zlashtirgan bilimlaringizni uzoq vaqt esda saqlab qolishingizga yordam beradi. Buning uchun darslikdan foydaianish qoidalarini bilib oling va ularga amal qiling.
Bilim cho‘qqilarim egallashingizda sizlarga omad tilaymiz!
Siz mazkur darslikdan biologiya fanining eng katta bo’limi- o’simliklar va hayvonot olamining tashqi hamda ichki tuzilishi, oziqlanishi hamda ko’payishini o’rganuvchi botanika, zoologiya fanlarining uzviy davomchisi bo’lgan “Odam va uning salomatligi” bo’limini o’qib, odam organizmining tuzilishi, undagi organlar sistemasi, to’qimalar va organlarning faoliyati, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, odamning sog’lom bo’lishi hamda uzoq umr ko’rishida jismoniy tarbiya hamda sportning ahamiyati, sog’lom turmush tarziga rioya qilish masalalari, shuningdek, odamning paydo bo’lishini bilib
olasiz.
O’ylaymizki, sodda, jonli tilda yozilgan mazkur darslik Sizning tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishingizni yana ham orttiradi, biologiya va tibbiyotga oid bilimlaringizni kengaytiradi.
🚀 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va 2023-yilning eng muvaffaqiyatli talabalari jamoasiga qo‘shiling! 🚀
Darslikka to‘lov o‘tkazishdan avval bepul demo darsni ko‘rib, videokurs haqida kengroq tushuncha olishingiz mumkin.