Web dasturlash kursini boshlovchilar uchun
Ushbu kurs Web dasturlashning eng dastlabki HTML kursi. Bu kurs orqali siz web dasturlash asoslarini, web sahifalar strukturasini yaratishni o'rganib olasiz.
Darslar video, test, topshiriqlarni o'z ichiga olgan. Soddadan murakkablikka qarab tuzilgan kursni boshidan boshlab berilgan ketma-ketlikda o'rganib boring.
Kursdan foydalanish bo'yicha tavsiya!
Video darsni tomosha qilib, unda berilgan yoki bajarilgan ishlarni o'z kompyuteringizda bajarib ko'ring. Videoda o'tilgan mavzuga oid testni yeching. Shundan so'ng agar darsda amaliy topshiriq berilgan bo'lsa, uni albatta bajaring. Topshiriqlar shu video darsga oid tuzilgan.
"Interaktiv" tarifi o'quvchilari o'qituvchi bilan real-time muloqot qilishi, bajargan topshiriqlarini tekshirtirib olishi mumkin.