Ushbu kurs maktab, litsey yoki kollej o‘quvchilariga ingliz tili grammatikasining asosiy qoidalarini tizimli o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish va abituriyentlarni ingliz tilidan kirish test sinovlariga tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Ushbu kursning asosiy maqsadi - maktab, litsey yoki kollej o‘quvchilariga ingliz tili grammatikasining asosiy qoidalarini tizimli o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish va abituriyentlarni ingliz tilidan kirish test sinovlariga tayyorlash.
Kurs davomida o 'quvchilar quyidagilarni o 'rganadilar:
- ingliz tilida fe'l shakllarini (zamon, nisbat, mayl) farqlash va to'g'ri qo'llash;
- modal fe'llar va ularning sinonimlarini (ekvivalentlarini) farqlash va to'g'ri qo'llash;
- fe'lning tuslanmaydigan shakllarini (infinitiv, gerundiy, sifatdosh) farqlash va to'g'ri qo'llash;
- sifat va ravishlarni, ularning darajalarini farqlash va to'g'ri qo'llash;
- olmoshlar, miqdor so'zlar va ularning shakllarini farqlash va to'g'ri qo'llash;
- ot va ularning shakllarini hamda artikllarni farqlash va to'g'ri qo'llash;
- predloglarni to'g'ri qo'llash;
- qo'shma gaplarning turlarini va ularda ishlatiladigan bog'lovchilarni farqlash;
- ega va kesimni shaxs va sonda moslashtirish;
- tasdiq so'roq gaplar yasash;
- so'z yasovchi prefiks va suffikslarni farqlash;
- matnlar bilan ishlash.