DTMning II va III darajali savollarini ishlashni misollarni tahlil qilish orqali o'rgatiladi
Siz Algebrani bilasiz, ko‘p misollarni ishlayapsiz, ammo deyarlik har bir mavzuda bir ikki qiyin misollar borki sizni qiynaydi, javobini topishga qiynalasiz. Ba’zi misollar esa ko‘rinishidan sodda ko‘ringani bilan hech ham javobi chiqmaydi. Ba’zi misollarga esa hatto o‘qituvchilaringiz ham javob bera olishmaydi yoki vaqt ajrata olishmaydi. Agar shunday vaziyatda bo‘lsangiz, “Maxsus Algebra” kursi aynan siz uchun!
Ushbu kursda abituriyentlarni qiynaydigan misollarni oson yo‘l bilan ishlashni, tez-tez uchrab turadigan murakkab misollarga qanday yo‘nalish olib to‘g‘ri javob topishni, juda ham muhim bo‘lgan isbot talab qiluvchi misollarni isbotlashni va murakkab misollarni bir necha usullarni qo‘llab ishlashni o‘rganasiz.
❗️ Kurs doimiy ravishda to'ldirib boriladi.