Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

30 kun ichida miyani qanday rivojlantirish mumkin?

Omina Sharipova 14-03-2020

Axborotni to’liqligicha eslab qolish va tezroq qayta ishlashga yordam beradigan 6 ta maslahat

  • 4781
  • 1

   Miyaning salomatligi bizning kundalik faoliyatimizga bevosita bog'liq. Odatlaringizni ozgina o'zgartiring va natijani ko'rasiz. Keyingi 30 kunni fikrlash tarzini shakllantirish uchun ajrating.

1. Aqliy salohiyatingizni ishga soling

   Aqliy kuch talab qiladigan yangi mashg’ulotlar bilan shug’ullaning: raqsga tushish, pianino chalish, yangi til o'rganish. Bu ma'lumotni qayta ishlash tezligini oshiradi, sinapslarni kuchaytiradi, miyaning funktsional tarmoqlarini kengaytiradi.

"Agar siz biron bir yangi narsani o'rgansangiz va miyangiz dam olishni xohlasa, u o'sadi",-deydi psixolog Jennifer Jouns. Biror narsani o'zlashtirish orqali siz miyada yangi ulanishlarni yaratasiz. Va ular qanchalik ko'p bo'lsa, kelajakda ma'lumotni eslab qolish osonroq bo'ladi.

2. Har kuni o'qing

   Kitob o’qiganingizda miya o’qish qobiliyati va miyaning strukturaviy rivojlanishi o'zgaradi va rivojlanadi. Matnlarni o'qiyotganda, sizning miyangiz mavhum belgilarni topadi va natijalarni sintez qiladi. Bu ajoyib jarayon.

   O'qish miyaning ko'plab funktsiyalarini, shu jumladan ko'rish, eshitish va fonemik idrok etish, tushunish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Biror narsa haqida o'qiyotganda, biz tasvirlangan narsani to’g’ridan-to’g’ri boshdan kechirganimiz kabi bir xil neyronlar faollashadi. Tadqiqotchilar, ma'lumotni ko'rish yoki tinglashdan farqli o’laroq, o’qish paytida miya ma’lumotlarni o’ylash va qayta ishlashga, shuningdek tasvirlangan voqealarni taqdim etishga ko’proq vaqt ajratadi. Har kuni o’qish orqali siz miya sog'lig'ini saqlab qolasiz.

3. Kundalik tuting

   Kundalik yuritish sizni aniq o'ylashga va shoshilinch qaror chiqarish o'rniga muhim narsalarga e'tibor berishga yordam beradi. Boshqa bir kundalik, ekspressiv yozishni psixologik va jismoniy salomatlikka ta'sirini stressli vaziyatlar va xavotirlarni osonroq yengishga yordam beradi va hatto immunitet tanqisligi virusi bo'lgan bemorlarda yozma hissiy ta'sirning immunitetga ta'sirini kuchaytiradi. "Yozib olish miyaning ma'lumotni qabul qilish, qayta ishlash vasaqlash qobiliyatini yaxshilaydi", deb tushuntiradi nevrolog Judi Uillis.  Bu uzoq muddatli xotirani rivojlantiradi, fikrlash zehnini oshirishga yordam beradi.

4. Bo’sh o’tirmang

   Sizga yoqadimi yo'qmi, jismoniy faoliyat miya va kayfiyatga sezilarli ta'sir qiladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, harakatchanlik bilim qobiliyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun sizga yoqadigan va muntazam ravishda mashq qiladigan harakat turini toping.

Masalan, yurish kabi oddiy aerobik mashqlar yetarli. Haftada uch marta 30–45 daqiqa tez-tez  yurish, aqliy zo'riqishdan himoya qiladi, miya funktsiyalarini taxminan 20 foizga yaxshilashga yordam beradi va qarishni oldini oladi.

5. Kechasi yetarlicha dam oling

   Uhlash jismoniy va ruhiy stressni kamaytiradi. Bundan tashqari, siz uxlayotganingizda miya yangi ma'lumotlarni o'zgartiradi. Kun davomida dam olish - dangasalikning namoyishi emas. Bir kunlik uyqudan keyin kontsentratsiya, unumdorlik va reaktsiya tezligi yaxshilanishi ilmiy jihatdan isbotlangan.

6. Hotirjamlikni saqlang

   Doimiy bandlik faqat samaradorlikni pasaytiradi. Vaqtingizni sukutda o'tkazing, Internetdan uzilib, ish haqida o'ylang. Bu konsentratsiya va ijodiy fikrlashni yaxshilaydi. Shuning uchun taqvimingizda boshqa vazifalar bilan bir qatorda hech narsa qilmaslikni ham rejalashtiring. Sukunat odatda miya uchun juda yaxshi.  

Fikrlar