Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

IT (AT) haqida boshlang‘ich ma’lumotlar va Ko`p pul topadigan kasbla

Prep.uz (Admin) 10-04-2023

Hozirgi kunda, juda ko‘p joylarda «IT» so‘zini uchratishimiz mumkin, xo‘sh bu so‘z o‘zi nima?

  • 4571
  • 0

IT (AT) haqida boshlang‘ich ma’lumotlar

Hozirgi kunda, juda ko‘p joylarda «IT» so‘zini uchratishimiz mumkin, xo‘sh bu so‘z o‘zi nima?

#IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz.

Navbatdagi savol, «Information Technology» nima degani?

Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasidir. Hozirgu kunda hisoblash texnikasi vazifasini kompyuter bajarmoqda, shunday ekan IT so‘zi ishlatilganda asosan kompyuter texnologiyasi tushuniladi.

IT so‘zini ishlatganda bir narsaga e’tibor bering, hech qachon «IT texnologiyalari» deb gapirmang, sababi, agar bu gapingizni to‘liq to‘g‘ri yozadigan bo‘lsak »Information Technology» texnologiyalari, yoki o‘zbekchaga o‘girsak «Axborot texnologiyalari texnologiyalari» ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, bu sal g‘alati bo‘lsa kerak.

Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib oldik, xo‘sh xayotda bu so‘z bilan nimalarni bog‘lashimiz mumkin?

— Muloqot paytida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat,…);

— axborot olish chog‘ida (xabarlar, ob-havo ma’lumotlari,…);

— axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, video, yozuv,…);

— o‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo‘llanmalar,…);

— dam olishda (kinolar, musiqalar, o‘yinlar,…).

Demak, hayotimiz shu so‘z bilan chambarchas bog‘liq ekan. Qanday ish qilishimizdan qat’iy nazar, hattoki dam olayotganimizda ham IT hizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil telefonimiz ham IT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlar saqlaymiz.

Ish jarayonlari kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, har bir korxonada alohida IT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi bo‘lmagan korxonalarda ham. Demak, bu sohaga qiziqish va talab katta.

 

#Kompyuter dizayn dasturlari bilan ishlash.

#Nima uchun bu kursni o’rganish kerak?

Raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda kompyuter grafik dasturlari dizayneri kasbiga bo‘lgan talab tez sur’atda ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari sohasi tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlarda mehnat faoliyatini yuritishning eng ustun jihatlaridan biri bu masofadan turib daromad topa olish imkoniyatidir.

Bu soxaga o‘qish davomida siz  bir nechta grafik dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini olishingiz mumkin. Jumladan, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator AutoCad, 3D max kabi grafik dasturlar bilan ishlash, shuningdek, Web-dizayn hamda Web-dasturlash yo‘nalishlaridan ham ko‘nikmalar berib o’tiladi.

 O‘z dizaynerlik portfoliosini yaratish va boyitib borish orqali daromad ko‘rish mumkin.

Batafsil ma`lumot Reklama va kompyuter grafikasi dizayneri – eng zamonaviy kasblardan biri bo‘lib, u tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarning buyurtmalariga ko‘ra, kompyuter yordamida badiiy bezash ishlarini amalga oshiradi. U matbuot nashrlarini, reklama mahsulot (qadoqlar, etiketka, buklet, vizitka, tovar belgilari va shunga o‘xshash)larini, WEB-sahifalarni badiiy va texnik bezash loyihalarini ishlab chiqadi. Eskizlar va loyihalarni bevosita tashkilot rahbari yoki mijoz bilan kelishilgandan so‘ng oxirgi grafik maketlarni tayyorlaydi.

Reklama va kompyuter grafikasi dizayneri kasbi – yoshlarning, ayniqsa, kormpyuter oldida soatlab o‘tirib, turli animatsiyalar yaratishdan zavqlanadiganlarning asl orzusi. Sizda ham bunday istak yo‘q emas, albatta. Agar bu kasbni egallashga astoydil kirishgan bo‘lsangiz, birinchi navbatda buyurtma berilayotgan ishga nisbatan mijozning xohishlarini inobatga olishingizga to‘g‘ri keladi. Animatsiya va maketlarni kompyuterda ishlab chiqish, maket-eskizni mijoz bilan kelishish, zarur tuzatishlarni kiritish, sahifa dizaynerlari yoki badiiy redaktorlar tomonidan badiiy bezash ishlarini realizatsiya qilganda mualliflik huquqini nazorat qilish ham sizning zimmangizda bo‘ladi.

SHuningdek, badiiy bezash uslub va vositalarini, reklama, matbuot dizayni, web-dizaynning o‘ziga xos jihatlarini, tasviriy san’at usullarini ham puxta o‘zlashtirgan bo‘lishingiz maqsadga muvofiq.

Raqamli texnologiyalar, grafik dasturlar, dizaynerlik portfoliosi, Reklama va kompyuter grafikasi, badiiy bezash, matbuot dizayni.

Fikrlar