Kasb tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 5 xato
1. «Bu sohada ishlashim shart emas…»
Insonning birinchi olgan ta’limi, hayotida muhim burilish yasaydi. Shuning uchun kasb tanlay turib, diplomni qo‘lga olgach qaysi sohada faoliyat olib borishingiz haqida jiddiy o‘ylab, so‘ng bir qarorga keling.
2. «Obro‘li kasb – eng zo‘ri»
Kelgusida shug‘ullanishni rejalashtirayotgan ishingizni uning obro‘siga, ommabopligiga emas, mamlakatning shu sohaga bo‘lgan ehtiyojiga qarab tanlagan ma’qul. Tengqurlaringizning 80 foizi o‘qigan yo‘nalish 10-15 yildan keyin sizga daromad keltiradimi? Yoki kadrlar ko‘pligidan ish topolmay eshikma-eshik yurishga to‘g‘ri kelarmikan? O‘ylab ko‘ring.
3. «Do‘stim uchun»
Bir qator yoshlar do‘sti, dugonasi yoki ko‘ngil qo‘ygan insonidan ayrilmaslik uchun biror kollej yoki liseyda o‘qishni istaydi. Yodingizda bo‘lsin bu sizning emas, ularning tanlovi! Do‘stingizga to‘g‘ri kelgan kasb sizga yoqmay qolishi mumkin. Qaror qabul qila turib, o‘z qiziqish va ehtiyojlaringiz bilan hisoblashing.
4. «Bu kasb oson-da»
Chiroyli tashqi ko‘rinish, kelishga qaddi qomat bilan bir qarashda oson ko‘ringan aktyorlik yoki teleboshlovchilik kasbini tanlashingiz mumkin. Ammo kasbning yengili bo‘lmaydi, har bir yutuqqa mashaqqatlar bilan erishiladi bu hayotda. Masalan, telejurnalist 2 daqiqalik ma’lumotni efirga uzatish uchun naqt 2 kun ter to‘kib mehnat qilishi lozim. Siz bu jarayoni ko‘rmaganingiz uchungina oson deb o‘ylamang.
5. Yaxshi ko‘rgan fanim kasbga asos bo‘ladi
Masalan o‘quv fanlaridan chet tillarini yaxshi ko‘rasiz. Bu bilimingiz talab qilinadigan kasblar bisyor. Masalan, tarjimon, turizm mutaxassisi yoki tashqi ishlar mutaxassi bo‘lishingiz mumkin. Ammo bu kasblarda chet tillaridan tashqari boshqa bilimlar ham talab etiladi. Birgina yo‘nalish bilan chegaralanib qolmang.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students