Rus tilini o‘rganish jarayonida, ayniqsa, bu tilni gapirishda hayajonlanish va cho‘chish ko‘p odamlarda uchraydigan muammo hisoblanadi. Yangi tilni o‘rganishda bu tabiiy hol bo‘lishi mumkin, ammo unga yengil qarash va muammoni yengish uchun harakatlarni boshlamaslik zararimizga ishlashi mumkin! Quyidagi tavsiyalar orqali siz rus tilida gapirganda yuzaga keladigan qo‘rquv va boshqa noqulayliklarni yengishingiz mumkin.
1. Boshqa tilni o‘rganishdagi qiyinchiliklarni anglash Har qanday yangi tilni o‘rganishda xatolik qilish va noto‘g‘ri gapirish tabiiy hol. Rus tilini o‘rganayotganingizda, bu tilning o‘ziga xos qiyinchiliklari bo‘lishi mumkin, lekin ularni yengish mumkin. Eng muhimi – xatolardan qo‘rqmaslik. Har bir xato sizniyanada kuchliroq qiladi. Har kuni bir qadam o‘rgansangiz, rus tilida gapirish bo‘yicha ishonchingiz oshadi. Gapirsam xato qilaman degan fikrlarni esa yaxshisi esingizdan chiqaring. Aynan shu fikr bilan siz mag’lub bo’lishingiz mumkin.
2. Hayajonlanishni yengish: muntazam mashqlar Hayajonlanish – bu tilni o‘rganish jarayonidagi tabiiy reaksiyadir, lekin u sizning muvaffaqiyatlaringizga to‘siq bo‘lishi mumkin. Rus tilida gapirganda hayajonlanmaslik uchun, avvalo, muntazam mashqlar qilish zarur. O‘zgarishlarni sezish uchun har kuni kichik amaliyotlar bajaring. O‘zingizni qulay his qiladigan atrof-muhitda rus tilida suhbatlashishni boshlang. Bu sizni yanada erkin his qilishga yordam beradi. Yordam berishi mumkin bo’lgan TOP 3 mashqlar:
📲 Diktofon bilan mashq. Hozir 2025-yil, hammamizda telefon bor. Uni endi rostdan ham foydali ishga ishlatish payti keldi. Diktafonni (agar yo’q bo’lsa yuklang) yoqing va bilganlaringizni gapiring. To’xtatmasdan shu mashqni qilib yuring 🗣 O‘z-o‘zini gapirtirish. Bu mashq, qo‘rquvni yengishda samarali. O‘zingizni rus tilida so‘zlashga majbur qiling. Har kuni, o‘z kuningizni, rejalaringizni yoki fikrlaringizni rus tilida izohlang. Masalan, ertalab turib, "Men hozir nonushta qilaman," yoki "Bugun ishga borishim kerak," deb ayting, albatta rus tilida. Bu mashq sizga tilni o‘rganishda erkinlik beradi va gapirishni tabiiy holga keltiradi. O‘z-o‘zini gapirtirish orqali qo‘rquvni yengishingiz mumkin, chunki sizni hech kim tinglamaydi va xatolarni tuzatish uchun vaqtingiz bo’ladi. Do’stingiz bilan suhbatlashing. Rus tilida gapirsam, odamlar kuladi deb o’ylasangiz, unda omma oldida emas, birinchi bo’lib yaqinroq insoningiz bilan gaplashing. Chunki uni oldida siz o’zingizni erkin etasiz va u sizga bosim o’tkazmaydi.
3. Suhbatni boshlashdan qo‘rqmaslik Hayajonlanishning eng katta sababi – o‘z fikringizni ifodalashdan qo‘rqish. Biroq, rus tilida gaplashishni boshlashdan qo‘rqmaslik kerak. Birinchi qadamni qo‘yish juda muhimdir. O‘zingizni tayyor yoki tayyor emasligingizni kutmang. Har bir yangi suhbat yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi va faqat amalda, suhbatlarda qatnashish orqali siz o‘zingizni yanada ishonchli his qilasiz.
4. Ishonchni oshirish: o‘qish va tinglash Rus tilida gapirishga cho‘chishdan qochish uchun, o‘qish va tinglash mashqlarini muntazam ravishda bajaring. Rus tilidagi kitoblarni o‘qish, podkastlarni tinglash yoki rus tilida filmlarni tomosha qilish sizning til qobiliyatingizni rivojlantiradi. Bu sizni gapirishda yanada erkin qilish va rus tilidagi nutqni tushunishni osonlashtiradi.
5. Cho‘chishdan qochish: o‘z fikrlariga ishonish Yana bir muhim omil – o‘z fikrlaringizga ishonishdir. Har kim xato qiladi, va bu til o‘rganish jarayonida yanada tabiiydir. Cho‘chishdan qochish uchun o‘z kuchingizga ishonishingiz kerak. E'tibor bering, rus tilida gaplashish jarayonida muvaffaqiyatga erishish sizning xatolaringizni tushunib, ulardan saboq olishga bog‘liq.
Xulosa: Hayajonlanish va cho‘chish – bu tabiiy jarayonlar, lekin ularni yengish mumkin. Rus tilini o‘rganishda ishonchni oshirish, muntazam mashq qilish va o‘z fikrlaringizga ishonish sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi. Har kuni bir qadam oldinga borib, rus tilida gapirishda o‘zingizni yanada erkin his qila boshlaysiz. Agar rus tilida nafaqat so’zlashuv, balki noto’g’ri talaffuz va grammatika bo’yicha ko’nikmalaringizni ham shakllantirishni istasangiz, sizni 3 oylik ONLAYN kursimizga taklif qilamiz! Darslar 9 yillik tajribaga ega o’qituvchi Ruxshona Saydazimova tomonidan mukammal metodika asosida tuzilgan. 👇 Kursimizga ro’yxatdan o’tish uchun mana bu havolani bosing va kichik so’rovnomamizni to’ldiring:
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students