Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda. Turli axborotlar «bozori»da yanglishib qolmaslik uchun sifatli xizmatlardan foydalanish zarur. O‘zbekistonda so‘nggi yillarga kelib bu yo‘nalish rivojlanmoqda.
Endi uydan chiqmay turib sifatli ta’limni egallash yangilik emas. Masofaviy ta’lim ma’lumotlaridan o‘quv kursining saytida ro‘yxatdan o‘tgach foydalanish mumkin. Har bir dars tinglovchining bilimni egallaganini tekshiruvchi alohida misollar, sinovlardan iborat bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi bilan turli multimedia vositalari yordamida fikr almashish ham mumkin. Kursni muvaffaqiyatli yakunlashda esa o‘quvchilar imtixon topshirib maxsus sertifikatni qo‘lga kiritish imkoniga ega.

Hozirgacha bir qator mahalliy Oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlarda masofaviy o‘qitish amalga oshirilgan. Masalan, Respublika «O‘zbekturizm» ilmiy-o‘quv konsalting markazida, SamDTI, ToshDPI Termiz filialida yo‘lga qo‘yilgan masofaviy o‘qitish kurslarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Onlayn ravishda bilim olishni, masofadan turib o‘qishni istaganlar uchun turli xildagi platformalar muntazir. Masalan, YouTube platformasidagi o‘zbek tilidagi video darslar ma’ruzalar orqali amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamlab borishni niyat qilganlar uchun foydali. Sababi, bunday video darsliklarda tomoshabin ekranida so‘z borilayotgan mavzuning batafsil bayoni tasvir orqali beriladi. Masalan, psd.uz saytining YouTube’dagi sahifasida Photoshop grafik muharriri haqida bir nechta videodarslar tayyorlangan bo‘lib, ularning davomiyligi asosan 2-3 daqiqadan iborat. Bu esa mavzuning bo‘lib alohida o‘rganilishini hamda uni yaxshi egallash imkonini beradi. Ammo materiallar faqat boshlang‘ich malakaga ega kishilar uchun tayyorlangan va videodarsliklar soni juda kam. Yana bir boshqa Code Leader nomli sahifa tomonidan berib boriladigan Web dasturlash asoslari bo‘yicha darslar o‘zbek tilida dasturlash bo‘yicha bilimlarini boyitmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. YouTube’da turli soha bo‘yicha bunday darslarni topish mumkin.
Bundan tashqari, interaktivlikni o‘zida namoyish etuvchi yordam.uz saytida foydalanuvchilar dasturlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘zbek tilida yozib qoldirishlari mumkin. Sayt mualliflari bo‘lgan mutaxassislar esa mazkur savollarga javob yozib qoldiradilar. Bu platforma tuzilishi bilan forumga ham o‘xshash, chunki mualliflardan tashqari ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar ham berilgan savolga javob qoldirishlari mumkin.
Umuman olganda bugun axborot tarqatishda foydalanuvchilar orasida Telegram-kanallarining salmog‘i yuqori. Eng qulay va tezkor kommunikatsiya vositasi bo‘lgan Telegramda ham masofadan turib bilim olish mumkin. Til o‘rganish, pazandachilik va boshqa fanlarga ixtisoslashgan kanallarga qo‘yiladigan turli formatdagi ma’lumotlar istalgan vaqtda qo‘l ostingizda bo‘ladi. Bunday o‘qishning yagona kamchiligi kanallarga yuklanadigan reklamalarning ko‘p bo‘lishidir. Shunday bo‘lishiga qaramay bugunga kelib Telegram kanallarini faqat bir tomonlama axborot uzatuvchi deb bo‘lmaydi. Uning ovoz berish imkoniyati sabab auditoriya ham o‘z fikrini bildirib ovoz berishi mumkin. Misol uchun, dasturlash haqidagi blog, videodarslar, tarjima va maqolalar berib boruvchi mayoq.uz kanali ushbu elementdan samarali foydalanadi.

Masofadan o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali masofaviy ta’limga qo‘shilish bu boradagi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish, o‘z natijalarini do‘stlar bilan bo‘lishish hamda do‘stlarining ham yutuqlari bilan tanishish imkonini beradi. Ba’zi tinglovchilar blog yuritish bilan o‘z fikrlarini bo‘lishib boradilar. Bu esa obunachilar orasida masofaviy ta’limning ommalashuviga hamda boshqa tinglovchilar uchun o‘z bilimlarini mustahkamlashga ko‘mak beradi.
Mashhur xorij universitetlari ham internet orqali o‘z masofaviy kurslarini taqdim etadilar. Bunda mazkur kurslarni tugatgan kishilar ushbu OTMning diplomiga ega bo‘lmasa-da, professorlar, Nobel mukofoti laureatlarining ma’ruzalarini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. Bunday ta’lim turi an’anaviy ta’limga qaraganda bir necha barobar arzonroq bo‘lishini ham ta’kidlab o‘tish lozim.

Masofadan bilim olishni kengaytirish va uni hamma uchun ochiq qilish bugun yo‘nalishdagi asosiy jihatlardan biri.
Manba: https://developers.uz/article/ozbekistonda-masofaviy-talim-imkoniyatlari
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students