Xabaringiz bor, kuni kecha Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi 25-avgustgacha barcha 7 ming 200 dan ziyod fan bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning raqamli uslubiy taʼminotini va masofaviy taʼlimga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishi va kamida 35 ta davlat OTMlarida birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etilishi belgilandi.
Bugungi kungacha, o‘qitishning ushbu tizimi Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amaliyotga joriy etilgan.

Dunyo tan olgan xorijiy universitetlarning ta‘lim tizimi ham kredit-modul o‘qitish tizimi bilan tizimlashtirilgan. Ho‘sh o‘zi kredit-modul o‘qitish tizimi qanday tizim? Keling, ushbu maqolamiz orqali kredit-modul o‘qitish tizimi haqida bilib olamiz.
Modul – bu alohida individual o‘quv fani. O‘zida bilimga egalik qilish va kasbiy jihatlarini qamrab olgan bo‘lib, ta‘lim oluvchilarning o‘quv dasturini o‘zlashtirish natijasida shakllangan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanishni nazarda tutadi.
Kredit-modul o‘qitish tizimi esa, har bir o‘quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o‘quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta‘lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi.

Mazkur o‘qitish tizimi ma‘ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv amaliyoti, klinik o‘quv amaliyotlar, kurs loyihasi (ishi), shuningdek ta‘lim oluvchilarning mustaqil mashg‘ulotlari bo‘yicha haftalik soat yuklamasi va ta‘lim oluvchilarning faoliyatini baholash mezonlarini aks ettiradi. Ta‘lim oluvchilar tomonidan barcha majburiy faoliyat turlari bajarilgandan va ular baholangandan so‘ng kreditlarni to‘plash mumkin.
Kredit birliklari tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kredit dasturlarini uning tarkibiy qismlari, ya‘ni modullar, modullar bloklari, kurslar va boshqalarga biriktirish orqali ta‘lim dasturlarini tavsiflashning tizimli usulidir.

Kredit-modul o‘qitish tizimi o‘quv jarayonining quyidagi shakllaridan tashkil topadi:
- auditoriya mashg‘ulotlari – ma‘ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv (klinik) amaliyoti;
- auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar – ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, ta‘lim oluvchilarning ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va boshqalar.
Odatda, kredit ta‘lim oluvchi tomonidan o‘quv rejasi bajarilishining ko‘rsatkichi bo‘lib, tegishli o‘quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soat)lardan tashkil topadi. Bu modul xususiyati va bo‘lajak mutaxassisni shakllantirish uchun o‘quv ishlarining muhimligidan kelib chiqib ta‘lim muassasasi tomonidan belgilanishi mumkin. Har bir modul mustaqil kreditga ega bo‘ladi.
.jpg)
Qayd etish o‘rinliki, kredit-modul tizimiga o‘tish – davr talabi. Bu tizimda o‘qituvchilarni talabalar tanlaydi. Tanlov fanlari soni ko‘paytiriladi, ya‘ni talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tanlab o‘rganishi mumkin bo‘lgan fanlar soni ko‘p bo‘ladi.
Ammo kredit-modul tizimida kerakli ballni yig‘a olmagan talabalar OTMlarda uzoq yillar o‘qishiga to‘g‘ri keladi.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students