AOKA huzuridagi shtabda Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingdan muhim maʼlumotlar:
❓Tayanch doktoranturaga (PhD) onlayn qabul hali ham davom etyaptimi?
➖ Hujjatlar OTM va ITM qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.
Men tayanch doktoranturaga talabgorman. Bu yil karantin sharoitidan kelib chiqib, kirish imtihonlari onlayn test orqali bo‘lishi mumkinmi?
➖ Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq "Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1–25 noyabr davrida o‘tkaziladi.
Pandemiyaga bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib, noyabr oyida o‘tkaziladigan imtihonlar masalasiga qo‘shimcha axborot beriladi.
Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj bo‘lishi kerakmi?
➖ Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.
Mustaqil izlanuvchilikka xujjatlar topshirish qachondan qachongacha davom etadi?
➖ OTM va ilmiy tashkilotlar talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha, 15 yanvardan 15 fevralgacha, 15 apreldan 15 maygacha, 15 iyuldan 15 avgustgacha bo‘lgan davrlarda qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Tayanch doktoranturaga kirishga hujjat topshirishda maqolalar konferensiyalarda chiqqan bo‘lsa ham bo‘ladimi?
➖ Bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandida berilgan.
Stajyor-tadqiqotchilikka kvota so‘rash uchun kimga murojaat qilish kerak?
➖ Stajyor-tadqiqotchilik kvotalariga talabnomalar bo‘yicha OTM
va ilmiy tashkilotlar o‘zining yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga murojaat etadi.
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
➖ Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3-bob 9-12 bandlarida talabgorlarga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.
Ilmiy unvonga ega bo‘lgan PhD nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin?
➖ Birinchi marta rahbarlik qilayotgan bo‘lsa, 1 ta va faoliyatidagi samarali natijasiga qarab maksimum 2 ta PhD ilmiy darajasiga talabgor bo‘lgan izlanuvchiga rahbarlik qilishi mumkin.
Yaqinda PhD ni yoqlagan kishi tayanch doktorantura uchun rahbarlik qila oladimi?
➖ Yo‘q. Dotsent yoki professor unvonini olgan PhD yoki DSc bo‘lsagina rahbar bo‘la oladi.
Mutaxassisligi ingliz tili bo‘lganlar C1 sertifikati bo‘lsa imtihonidan ozod bo‘ladimi?
➖ Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 3 bob 22-bandiga asosan tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Vaqtida himoya qilinmasa yoki umuman himoya qilinmasa stipendiyani qaytarib beriladimi?
➖ Yo‘q, lekin ilmiy rahbarga nisbatan chora ko‘riladi. Keyingi yillarda mazkur tashkilotga doktoranturaga kvota berish davomida salbiy qaror qabul qilishga asos bo‘ladi.
Tayanch doktorantlarga o‘qish qachondan boshlanadi?
➖ Yangi kalendar yilining birinchi ish kunidan.
Doktoranturada ham akademik taʼtil beriladimi?
➖ Uzoq muddat betob bo‘lsa yoki tug‘ruq bilan bog‘liq holatdagina.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students