Agar siz kuchli xalqaro universitetlarda ta’lim olishni istasangiz-u lekin ba’zi muammolarga duch kelsangiz, bu maslahatlar aynan siz uchun.
Chet elda o'qishni rejalashtirayotgan ko'plab talabalar uchun birinchi to'siq bu hujjat topshirish jarayoni turli mamlakatlarda turlichadir. Ba'zi mamlakatlarda birgina universitetga hujjat topshirishga imkon berilsa, Shveytsariyada ko’plab universitetlarga hujjat topshirish imkoniyati mavjud. Shuni yodda tutish kerakki, ba'zi mamlakatlarda hujjat topshirish mablag’ talab qilinadi, ba’zilarida esa, suhbat yoki so’rov o’tkaziladi.
Gonkong
Ko'plab xalqaro talabalarni jalb qiluvchi Gonkong universitetlari tashqaridan kelgan o’quvchilar sonini yanada ko’paytirish niyatida. Mahalliy talabalar Gonkongning barcha universitetlariga JUPAS nomli markaziy tizim orqali murojaat qiladilar, ammo xalqaro talabalar uchun bu jarayon biroz farq qiladi. Xalqaro talabalar Xalqaro qabul komissiyalari yoki universitet veb-sayti orqali onlayn ravishda ariza topshirishlari mumkin va shu o’rinda o'rta maktab baholari va ma'lumotnomalar kabi bir qator tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashlari zarur.
Talabalar xalqaro ingliz tili bilish darajasi sertifikatlariga ega bo’lishlari kerak. Mahalliy bo'lmagan abituriyentlar hujjat topshirish to'lov narxi - 450 AQSh dollari. Talabalar faqat bitta ariza formasini topshirishlari mumkin. Da'vogarlar, shuningdek, kurs va universitetni nima uchun tanlaganliklari to'g'risida 400 ta so'zdan iborat shaxsiy bayonnomani to'ldirishlari shart. Ba'zi talabalar suhbatga shaxsan yoki Skype orqali ham taklif qilinishi mumkin.
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniya xalqaro talabalar uchun eng yaxshi ta’lim maskanidir. Talabalar Ucas deb nomlangan tizim orqali universitetlarga hujjat topshirishlari kerak. Ushbu tizim talabalarga bitta ariza bilan beshtagacha universitetga hujjat topshirishga imkon beradi. Bitta tanlov uchun 20 funt sterling yoki bir nechta tanlov uchun 25 funt sterling to’lanadi. Ilovada bo'lajak talabaning ma'lumotlari, bilim darajasini aniqlash uchun bir qator savollar beriladi. Abituriyentlar hujjat topshirish vaqtida o'zlarining tanlagan kurslari, darsdan tashqari qiziqishlari haqidagi shaxsiy ma’lumotlari ham keltiriladi.
Kanada
Kanada universitetlariga hujjat topshirishni istagan talabalar, arizalarining bir qismi sifatida shaxsiy ma’lumotlarini yozishlari kerak. Britaniya-Kolumbiya Universiteti veb-saytida berilishicha, bu yerda talabalar "siz uchun muhim bo'lgan narsalarni, muhim yutuqlaringizni, tajribalar orqali nimalarni o'rganganingizni va siz yengib o'tgan muammolarni ro’yhatini keltirin”-deya, talab qo’yiladi va bu orqali siz stipendiyaga ega bo’lishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar ingliz tilini bilish qobiliyatini namoyish etishlari kerak va sizni tilni qay darajada bilishingiz 9 usulda sinovdan o’tkaziladi.
Shveytsariya
Shveytsariya to'rtta rasmiy tilga ega va besh mamlakat bilan chegaradoshdir. Shuning uchun uning universitetlari dunyodagi eng xalqaro o'quv yurtlaridan biri ekanligi ajablanarli emas. Mahalliy aholi uchun hujjat topshirish narxi 50 CHF va chet el abituriyentlari uchun 150 CHF. Shuningdek, talabalar fotosurat, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat, so'nggi ikki yillik o'rta ma'lumotlarning baholari, oldingi oliy o'quv yurtlaridan ko'chirmalar (agar kerak bo'lsa), Shveytsariyada yashash huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo’lishlari zarur.
Singapur
Universitet vakilining so'zlariga ko'ra, Singapurga hujjat topshirish jarayoni (hech bo'lmaganda Singapur Milliy universitetida) xalqaro va mahalliy talabalar uchun unchalik farq qilmaydi. Barcha talabalar onlayn anketani to'ldirganlaridan so’ng shaxsini tasdiqlovchi hujjat va 20 AQSh dollari miqdorida to'lovni taqdim etishlari kerak.
Ariza topshirish jarayoni turli mamlakatlarda turlicha bo'lishiga qaramay, ko'pchilik uchun sizning ma'lumotingiz va til bilish darajangiz muhim. Ularning aksariyati shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni va ariza uchun to’lovni talab qiladilar. Barcha qabul xodimlarining umumiy ogohlantirishi shundan iboratki, abituriyentlar hech qachon noto'g'ri ma'lumot bermasliklari yoki ularning arizalarida yolg'on gapirmasliklari darkor.