Inson jamiyatda o’z o’rnini topib, karyerada, oilada muvaffaqiyat qozonishi uchun o’z-o’zini shaxsiy rivojlantirishda doimo harakatda bo’lishi zarur. Biz maktabda o’qiydigan chog’imizda uy vazifalarini yomon baho olmaslik uchungina bajaramiz. Ulg’ayganimiz sari hech qanday ma'lumotga ega bo'lmaganimiz uchun afsuslanamiz va yangi narsalarni o'rganishni, dunyoqarashimiz kengayishini orzu qilamiz. Vaqt, pul va kuchni har qanday treninglar va malaka oshirish kurslariga sarflaymiz. Shunday insonlar borki, ular ortiqcha xarajatlarsiz kitoblardan foydalanib o'zining yuqori marralarga erishishi uchun kuch sarflaydilar. Siz ham o’zingizni rivojlantirishni istasangiz, Prep.uz muharriri bunda sizga yordam beradi va eng yaxshi kitoblarni taklif etadi.
Valter Mishel-"Rivojlanayotgan iroda"
Mishel - Kolumbiya universiteti professori, ijtimoiy va shaxs psixologiyasi mutaxassisi. Odamlar uni o'zini-o’zi boshqarish dohiysi deb atashadi. Mishel shirinlik turganida bolalar uni darhol yeyishi yoki ozgina muddat kutib 1 dona shirinlik o’rniga 2 ta shirinlikni tanlashi nazariyasini ishlab chiqqan. Ushbu tajriba kitobda tasvirlangan ko'plab tajribalardan biridir. Unda siz nazariyalar tomonidan qo'llab-quvvatlangan o'zini-o'zi boshqarish bo'yicha maslahatlarni topasiz. O'z irodasi yoki o'zini o'zi tarbiyalash har qanday maqsad va vazifaga erishish uchun zaruriy omildir. Busiz, siz ushbu yo’ldan o'ta olmaysiz. Muvaffaqiyatli odamlar o'zlarini qanday boshqarishni biladilar va mustahkam irodaga ega bo'ladilar. Kitob sizga maqsadlarga erishish uchun kerakli fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Tom Piketti-“XXI asr kapitali”
Tom Piketti - fransuz iqtisodchisi, daromadlar tengsizligining sabablari va oqibatlarini o'rganish orqali shuhrat qozongan. Zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tushunish uchun iqtisodiyotning butun tarixini o'rganishning hojati yo'q. "XXI asrda kapitali" kitobi amaliy darslik bo’lib, atrofimizdagi dunyoda iqtisodiyotni o'zgartirishga tayyor bo'lganlar uchun mos keladi.
Tomas Kutkart va Dan Klein-"Platon barga bordi ... hazil orqali falsafani tushunish"
Siz falsafiy ta'limotlarni sevadigan va tushunishga harakat qiladiganlardanmisiz? Unda Tomas Kutkart va Dan Kleinning kitoblarini o'qing. Bu siz topishingiz mumkin bo'lgan eng qiziqarli kitob. Ikkala savolga javob bering: faylasuflar nima qilishadi va qanday hazillar aytishadi? Javob bitta bo'ladi: odamlarning dunyo haqida fikrlarini o'zgartirish. Faqat hazillar buni kulgili qiladi. Klein va Kutkart falsafiy ta'limotlarni latifalar orqali ifodalashga qaror qildilar va amalda qo’lladilar.
Kari Chapin-"Qo'lda ishlangan buyumlar: ixtiro qiling va o'z biznesingizni boshlang"
Kari Chapin kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha maslahatlar beradi, anjuman va forumlarda tadbirkorlik bo’yicha nutq so’zlaydi.
"Qo'lda yasalgan buyumlar: ixtiro qiling va o'z biznesingizni boshlang" kitobi sizning sevimli mashg'ulotingiz orqali qanday qilib pul ishlashni o’rgatadi. Kari xobbini daromad keltiradigan biznesga aylantirish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqadi. U biznesni rejalashtirish, vaqtni boshqarish, mahsulotni taqsimlashdan tortib ishlab chiqarishni kengaytirish, moliyalashtirish va huquqiy muammolarni hal qilishgacha bo’lgan jarayonlarni ushbu kitobda yozadi.
Xulio Melara "Muvaffaqiyat uchun vaqtingiz bor"
Xulio - amerikalik tadbirkor va mashhur ma'ruzachi. Xulio Melara ushbu kitobni yozishni boshlaganida 29 yoshda edi, lekin uning o'zi ta'kidlashicha, yoshlik muvaffaqiyat uchun to'siq emas. Kitobdagi asosiy tushuncha g'ayratdir. Muallif, ishtiyoqni saqlab qolish juda muhim deb hisoblaydi. Ushbu kitobni o'qishga bo'lgan shijoatni izlang va atrofingizdagi dunyoda bu sizga qanchalik muhimligini bilib oling.
Yuqorida keltirilgan kitoblar umumiy bilimlarni rivojlantirishga, dunyoqarashingizni kengaytirishga va oldinga siljishga yordam beradi.