Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bunga ko’ra:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar
Majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan birinchi murakkablik darajasida bo‘ladi. Ba’zi OTM larda fanlar majmui takrorlanishi mumkin. Bunda ikkala bo'limda turli murakkablik darajasidagi test savollari bo'ladi.
Misol uchun, abituriyent tanlagan ta’lim yo’nalishiga mos fanlardan biri matematika bo’lsa, abituriyentga majburiy fan doirasida va ta’lim yo’nalishiga mos fan doirasida matematika fanidan turli murakkablik darajasidagi test savollari beriladi.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fan
Birinchi mos keluvchi fandan 30 ta savol. Har bir to’g’ri javob uchun 3.1 ball. Maksimal to’plash mumkin bo’lgan ball-93 (30*3.1=93)
Ikkinchi mos keluvchi fandan 30 ta savol. Har bir to’g’ri javob uchun 3.1 ball. Maksimal to’plash mumkin bo’lgan ball-93 (30*3.1=93). Bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos keluvchi ikkala fandan jami to’plash mumkin bo’lgan ball-186 ball
Umumiy holda, abiturientlarga 5 ta fan bo’yicha 105 ta test topshirig’I va bunda to’plash mumkin bo’lgan maksimal ball-280.5 ball
Ushbu manba O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayonidan olingan.