Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Tez va samarali o‘rganish uchun 3 ta layfxak.

Saidbek Boboyarov 23-02-2019

Yangi koʻnikmaga ega boʻlish birdaniga yuz beradigan holat emas, bu maʼlum vaqt talab qiladigan davomiy jarayon. Bu jarayonni soddalashtirish uchun materialni katta boʻlaklarini birdaniga emas, balki oʻz-oʻzdan ma‘lum vaqt davomida yod olishga harakat qilish maqsadga muvofiq.

  • 1244
  • 4

Boʻlib ishlash effektidan foydalaning

Yangi koʻnikmaga ega boʻlish birdaniga yuz beradigan holat emas, bu maʼlum vaqt talab qiladigan davomiy jarayon. Bu jarayonni soddalashtirish uchun materialni katta boʻlaklarini birdaniga emas, balki oʻz-oʻzdan ma‘lum vaqt davomida yod olishga harakat qilish maqsadga muvofiq. Bu boʻlaklarga boʻlish effekti deyiladi. Buning sharofati bilan bilim va koʻnikmalar qulay va mustahkam oʻzlashtiriladi.

Psixologlar va imtihonga hech boʻlmasa bir martda tayyorgarlik koʻrgan insonlar biladi «yoddan koʻtarilish» oxirgi vaziyatlarda pand berib qoʻyadigan eng asosiy muammolardan biri. Gʻalati koʻrinishi mumkin lekin aynan oraliqlar bilan tanaffus qilib o‘qish, yoddan koʻtarilish bilan kurashishda asosiy yordamchi sanaladi. Siz yangi maʼlumotlarni oʻz-oʻzdan tanaffus qilib yodlasangiz u xotirangizda mustahkamroq qoladi. Bu bilan birga oʻqigan maʼlumotlaringiz yodingizdan ham koʻtarilmaydi va bir hafta yoki bir oydan keyin hammasini yana boshqatdan boshlashingizga toʻgʻri kelmaydi.                     

Miyangizni kulrang moddasini ishlating.     

Biror koʻnikmani rivojlantirish uchun koʻpincha hamma eʼtiborimizni tushunishga qaratamiz. Bu mantiqan ham toʻgʻri, chunki mohiyati maʼlum boʻlmagan narsani tushunmasdan hech narsa qila olmaymiz. Biroq biror sohani egallash uchun birgina tushunishni o‘zi kamlik qiladi. Yangi olingan bilimlar mustahkamlanishi uchun bosh miyani oʻrgatish va harakatga javob beradigan qismi «kulrang modda» ni ishlatish zarur.

Yuqori nerv funksiyalariga javob beradigan neokorteks bilan solishtirganda «kulrang modda»ga yangi hissiyotlarni yod olish uchun ancha koʻp vaqt ketadi. Boshqa sohalarga qaraganda «kulrang modda» yangi maʼlumotni sekin oʻzlashtiradi lekin  o‘zida mustahkam saqlab qoladi. Shuning uchun ham oʻrganmoqchi boʻlgan narsalaringizni bunda qayta-qayta takrorlashingiz kerak boʻladi.

Masalan siz biron bolani velosiped minishga oʻrgatyapsiz.Rul bilan pedalni qanday boshqarish kerakligini oʻrgatish uchun bir necha daqiqa ketadi xolos. Lekin bola buni nazariyada oʻrgangani bilan velosiped minishga birinchi urinishlari omadsizlikka uchraydi. Velosiped minish uchun maʼlumotni «kulrang modda» qabul qilishi kerak yaʼni oyoqlar pedalni bosishga qo‘l rolni boshqarishga moslashishi kerak buning uchun koʻp mashq qilish kerak. Shuning uchun yangi ma‘lumotni amaliyot qiling, moslashing va muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqmang. Qaytarish jarayoni sizga yaxshiroq bo‘lishga va yangi bilimlaringizni ishonchliroq saqlashga yordam beradi.                              

Keragidan koʻp eʼtiboringizni jamlashga urinmang. 

Eʼtibor berish murakkab jarayon, qaysiga hamisha koʻplab faktorlar ta’sir qiladi. Oʻrganish osonroq kechishi uchun ortiqcha eʼtiborni jamlashga harakat qilmaslik zarur. Sizni biror nima chalgʻitayotganini sezdingizmi, toʻxtang va darsni bir necha kichik boʻlakka bo‘ling.

Neyrobiolog Djon Medina bunday yondashuvni mikro-oʻrganish deb ataydi. Uning soʻzlariga koʻra miyaning eʼtiborli bo‘lish samaradorligi 10 daqiqalik davomiy eʼtibordan soʻng 0 ga tushadi. Shuning uchun ham siz maʼlumotni kam kamlik bilan oʻrganib yaxshiroq oʻzlashtira olasiz.Bu bilan bor eʼtiboringizni maʼlumotga berasiz va boʻlib ishlash effektidan foydalanib mustahkamroq yod olasiz.

Qisqa va tez-tez takrorlash, eʼtibor bilan o‘qish – yod olish bosh miya uchun eng optimal yo‘l. Buni oʻzingizda ham sinab ko‘ring.

Fikrlar