Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Oʻzbekistonda 2026 yilgacha maktablarni qurish, taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish hisobiga 1,2 million yangi oʻquv oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda.

Prep.uz (Admin) 04-01-2023

  • 1726
  • 6
 Xalq taʼlimi vazirligi Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida eʼlon qilindi.
Quyidagilar Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari etib belgilanmoqda:
 
oʻqituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularga munosib mehnat shart-sharoitlar yaratish;
 
davlat taʼlim standartlari va talablari, oʻquv rejalari hamda darsliklarni takomillashtirib borish;
 
oʻquvchilarni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish tizimini yaratish, kasbiy koʻnikmalarni shakllantirib borish;
 
xalq taʼlimi sohasida boshqaruv tizimini raqamlashtirish, oʻquv jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, elektron taʼlim resurslarini yaratish;
 
xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini mustahkamlash, yangi oʻquvchi oʻrinlarini yaratish, nodavlat taʼlim muassasalarini tarmogʻini kengaytirish.
2025 yilga qadar oʻquvchilarni milliy baholash (National Learning Assessment System- NLAS) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (PIRLS, TIMMS, PISA) natijalari hamda milliy baholash tizimi joriy etish asosida taʼlim jarayonlarini doimiy takomillashtirib boriladi.
Taʼlim sifatini oshirish maqsadida 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab boshlangʻich sinflarda faqat xalqaro talablar asosida yaratilgan darsliklardan foydalaniladi. Vazirlik 2025/2026 oʻquv yiliga qadar esa 5-11-sinflarda aniq va tabiiy fanlar boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan darsliklarga oʻtishni rejalashtirmoqda.
Maktablardagi eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun har yili kamida 2000 komplekt kompyuter texnikasi xarid qilinadi.
Strategiyada 2026 yilgacha maktablarni qurish, taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish hisobiga 1,2 million yangi oʻquv oʻrni yaratish maqsad qilingan.

Fikrlar