Umid Raxmonov
Umid Raxmonov

Биография

Umid Raxmonov Olimovich – malakali matematika fani o‘qituvchisi, tajribali murabbiy, matematika va turli fan olimpiadalari bo’yicha ekspert.

Xalqaro Matematika Olimpiadasi (XMO, bu ingliz tilida IMO)da uch marta ishtirok etgan yagona O’zbekistonlik ishtirokchi. 15 yoshida (9-sinf) 1999-yilda Ruminiyada o‘tkazilgan 40- Xalqaro Matematika Olimpiadasida eng yosh ishtirokchilaridan biri bo‘lgan. 2000-yil Janubiy Koreyada o’tkazilgan 41-XMO da bronza medali bilan, 2001-yilda AQSh da o’tkazilgan 42-XMO da kumush medali bilan taqdirlangan. Ushbu bronza va kumush medallar O‘zbekiston tarixidagi Xalqaro matematika olimpiadalarida qo’lga kiritilgan ilk kumush va bronza medallaridir.

Uzoq yillar O’zMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyda faoliyat yuritib, matematika olimpiadasi to’garagini tashkil qilgan va o’quvchilari olimpiada, musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan. Uning 20 ga yaqin shogirdlari Respublika va Xalqaro olimpiadalarning g‘olib va sovrindorlari bo‘lishgan. Aynan Umid Raxmonov murabbiyligi ostida shogirdi Qozog’istonda an’anaviy o’tkazib kelinayotgan Xalqaro Jautikov olimpiadasida yurtimizga ilk marotaba oltin medalni taqdim etgan. Bundan tashqari uning shogirdlari 2014-, 2016-, 2017-, 2018-, 2019-, 2020-yillarda Qozog‘istonda, 2011-yil Gollandiyada, 2015-yil Tailandda, 2016-yil Gongkongda, 2017-yil Braziliyada, 2018-Ruminiyada, 2019-Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan Xalqaro Matematika Olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy olishgan. O‘quvchilari uzluksiz ravishda matematika fanidan Respublika fan olimpiadalarining eng sovrinli o‘rinlarini egallab kelishmoqda. Bundan tashqari abituriyentlarning kirish ko'rsatkichlari ham har yili yuqorilab bormoqda.

Matematika fanidan Xalqaro Olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga bir necha yil murabbiylik qilgan, bevosita terma jamoa a’zosi sifatida ishtirok etib kelmoqda.

Hozirda Xalq ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamentida faoliyat yuritadi va bo’sh paytlarida Qorako‘l Ziyo o‘quv markazi tarmoqlarida matematikadan mahorat darslari o’tib kelmoqda.

Raxmonov Umid Olimovichning samarali mehnati davlatimiz tomonidan ham munosib e’tirof etilib kelinmoqda.
• 2001 yil “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi” esdalik nishoni;
• 2008 yil “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni;
• 2015 yil “O’zbekiston Respublikasi O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni;
• 2016 yil “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni;
• 2017 yil “Yilning eng yaxshi o’qituvchisi”
2019 yil Muxtaram Prezidentimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan

Похожие курсы (14)

Весь список
Algebra I
  • 6048
  • 77
  • 80
Geometriya videokursi
  • 2372
  • 49
  • 49
Algebra II
  • 147
  • 29
  • 113
Matematika 6-sinf
  • 9
  • 13
  • 13
Algebra 7-sinf
  • 7
  • 8
  • 8
Algebra 8-sinf
  • 7
  • 18
  • 20
Algebra 9-sinf
  • 6
  • 12
  • 12
Algebra 10-sinf
  • 5
  • 16
  • 17
Algebra 11-sinf
  • 5
  • 10
  • 10
Geometriya 7-sinf
  • 5
  • 13
  • 13
Geometriya 8-sinf
  • 5
  • 19
  • 19
Geometriya 9-sinf
  • 6
  • 8
  • 8
Geometriya 10-sinf
  • 5
  • 16
  • 16
Majburiy fan ( Matematika )
  • 4
  • 59
  • 60