1665-1666-yillarda Londonda oʻlat tarqaydi. Odamlar orasida ommaviy kasallanish boshlanadi. Bu davrlar tarixga “Londondagi Buyuk oʻlat” nomi bilan kirgan. Buyuk oʻlat davrida Londonning chorak qismi (25%) oʻlatdan qirilib ketgan.

Oʻlat tarqagan yili mashhur olim Isaak Nyuton Kembrijning Trinity kollejida 22 yoshli oddiy talaba edi. Oʻsha paytda ham hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish uchun odamlarni ommaviy yigʻilishini cheklagan. Kembrij universiteti ham talabalarni uyiga joʻnatgan va talabalar uyida mustaqil oʻqishni davom ettirgan. Nyuton oilasining Vulstorpda joylashgan uyiga qaytadi va 1 yildan ortiq davr mobaynida oʻqituvchilarning yordamisiz ushbu uyda mustaqil tahsil olishni davom ettiradi. Nyuton uyida oʻqigan, aynan shu yil keyinchalik uning “moʻjizalar yili (annus mirabilis)” degan nom olgan. Chunki Nyuton aynan shu davrda, uyida mustaqil oʻrganish davomida eng mashhur nazariyalarini yaratgan.
Birinchidan, u Kembrijda oʻrganishni boshlagan matematik masalalar ustida ishlashni davom ettiradi. Ushbu masalalar yuzasidan yozgan ilmiy ishlari keyinchalik matematik analiz fanining shakllanishida asoslardan biri boʻlim xizmat qiladi.
Ikkinchidan, quyoshli kunlarning birida deraza va boshqa nur tushadigan barcha yerlarni berkitib, xonasini qop-qorongʻi qilib oladi. Soʻng derazani berkitib turgan pardadan kichik teshik ochib, shu teshikdan tushayotgan nur yoʻlini shisha prizma bilan toʻsadi. Prizmaning birinchi tomonidan oʻtgan nur uning ikkinchi tomonidan turli xil ranglar koʻrinishida (kamalak kabi) tarqaladi. Aynan shu tajriba Nyutonning optika sohasidagi nazariyalarining yaratilishiga turtki boʻladi.

Uchinchidan, Butun olam tortishish qonuni haqidagi fikrlari ham aynan shu yillari vujudga keladi. Nyuton olma daraxti ostida oʻtirgan payti boshiga olma tushgani va shundan Butun olam tortishish qonuniniga asos solgani haqidagi hikoyani eshitgan boʻlsangiz kerak? (Biroq olma Nyutonning boshiga tushmagan, bu, shunchaki, toʻqima sahna). Nyuton bogʻda aylanib yurganida olmalarning daraxtdan qulab tushishini kuzatadi. Va uning xayoliga “olmaning yerga qulashiga sabab boʻluvchi tortishish kuchining amal qilish masofasi Yerdan maʼlum uzoqlik bilangina cheklanmasdan, ancha uzoq masofalarda ham amal qilsa-chi? Masalan, Oygacha boʻlgan masofada”, – degan fikr kelib qoladi. Shu fikr keyinchalik Butun olam tortishish qonunining kashf etilishiga sabab boʻladi.

Buyuk oʻlat davri tugagach, 1667-yili Nyuton uyda oʻrganganlari asosida ishlab chiqilgan nazariyalari va shu nazariyalar haqida yozilgan ilmiy ishlari bilan universitetga qaytadi. 6 oy ichida Nyuton universitetning aʼzosiga aylanadi, 2 yildan keyin esa professor darajasiga erishadi.
Bugun Oʻzbekistonda ham 16-martdan taʼlim muassasalari yopilishi eʼlon qilindi. Oʻqish yoʻq, endi maza qilib uxlayman yoki koʻrolmay yurgan seriallarimni koʻrib tashlayman demay, mustaqil oʻrganish va tajriba oʻtkazishga ham biroz boʻlsa-da vaqt sarflang. Ajab emas, uydagi mustaqil oʻrganishlardan keyin siz ham Nyutonga oʻxshab kelajakda mashhur boʻlib ketuvchi nazariyalarni yaratib qolsangiz.
Manba: Salomov.uz
Если вы посещали занятия лицом к лицу всю свою жизнь, немного пугаться с самого начала - это нормально, даже если вы разбираетесь в девайсах. Тем не менее, посещение онлайн-курса, в отличие от очного занятия, определенно имеет свои преимущества. Вот пять преимуществ для изучения онлайн.
This is the excerpt for the latest post
Reef sails nipperkin bring a spring upon her cable coffer jury mast spike marooned Pieces of Eight poop deck pillage. Clipper driver coxswain galleon hempen halter come about pressgang gangplank boatswain swing the lead. Nipperkin yard skysail swab lanyard Blimey bilge water ho quarter Buccaneer.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students