AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Deep Springs kolleji (https://www.deepsprings.edu/) 1917-yilda tashkil topgan boʻlib, AQSHdagi eng kichik oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Ushbu kollej har yili oʻrtacha 14 nafar talabani oʻqishga qabul qiladi.
Oliygohga qabul qilinganlarning barchasi avtomatik ravishda 50 ming AQSH dollaridan koʻproq boʻlgan moddiy yordam bilan taʼminlanadi va bu mablagʻ taʼlim haqi, turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini toʻliq qoplash uchun yetarli. Biroq qabul qilinganlardan oʻz kitoblari, tibbiy sugʻurta, safar xarajatlari va shu kabi boshqa xarajatlarning taʼminoti uchun maʼlum summada depozit qoʻyish talab etiladi. Agar talaba iqtisodiy jihatdan depozitni qoʻyishga qodir boʻlmasa, depozit summasi ham universitet tomonidan qoplanishi mumkin.

Ushbu oliygohga faqatgina bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar topshirishi mumkin, magistratura bosqichi mavjud emas. Shuningdek, mazkur oliygohda faqatgina bitta yoʻnalish mavjud – qishloq xoʻjaligi. Boshqa yoʻnalish mavjud emas.
Asosiy talablar quyidagilardan iborat:
– Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikatga ega boʻlishi lozim (kamida IELTS 6.5 ball yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati).
– Nomzod ushbu oliygohga qabul qilinishi uchun avval bakalavriatni bitirmagan boʻlishi lozim. Bakalavriat bosqichida oʻqiyotganlar (hali bitirmaganlar) ham hujjat topshira oladi. Biroq ular qabul qilinsa, 1-kursdan oʻqishni boshlashadi.
– Nomzod ariza topshirish muhlati tugaguncha 23 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
– Istalgan davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin. Shuningdek, hujjat topshirishda millat, jins, ijtimoiy kelib chiqishga oid cheklovlar ham mavjud emas.
Hujjatlarni qabul qilish odatda har yili oktabr oyida boshlanib, noyabr oyining birinchi 10 kunligida yakunlanadi. Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda nomzodlardan bir nechta insho yozib topshirish soʻraladi. 2-bosqichga oʻtganlardan esa yana bir insho, tavsiyanomalar, baholarni topshirish soʻraladi. Shuningdek, 2-bosqichga oʻtganlar Deep Springs kollejiga tashrif buyurishi, talabalar bilan biroz muddat ishlashi va darslarda qatnashib koʻrishi kerak. Yakunda ulardan intervyu olinadi va shu intervyudan muvaffaqiyatli oʻtganlar kollejga qabul qilinadi.
2-bosqich shartlari uchun AQSHga borishga iqtisodiy imkoniyati yetmaganlar uchun AQSHga bormasdan suhbat oʻtkazish yoki boshqa shakldagi muqobil variant taʼminlab beriladi.

Ushbu oliygohning yana muhim jihati mavjud: oʻqish faqat 2 yil davom etadi va mazkur oliygohda oʻqishni bitirganlar bakalarvlik diplomini olish uchun boshqa bir oliygohda oʻqishni davom ettirishi lozim. Deep Springs kollejidagi oʻqishni bitirganlar bakalavrlik diplomini olish uchun Yale, Brown, Stanford, UC Berkeley, University of Chicago va shu kabi boshqa oliygohlarda oʻqishini davom ettirgan.Oliygohda oʻqish bevosita ranchoda amaliy ish mashgʻulotlari bilan birga olib boriladi. Bunda har bir talaba haftasiga kamida 20 soat ishlaydi. Ushbu jarayonda talabalar turli uy hayvonlariga (qoramol, ot va h.k.) qarashni, traktor, yuk mashinasi va shu kabi dalaga ishlov berish mashinalarini haydash va boshqarishni, ferma ishlarini yuritish, ferma mahsulotlarini yetishtirish kabilarni oʻrganadi. Deep Springs kollejidagi oʻqish jarayoni talabalarni amaliy hayotga tayyorlash, oʻz-oʻzini boshqarishga oʻrgatish kabilarga asoslangan.
Если вы посещали занятия лицом к лицу всю свою жизнь, немного пугаться с самого начала - это нормально, даже если вы разбираетесь в девайсах. Тем не менее, посещение онлайн-курса, в отличие от очного занятия, определенно имеет свои преимущества. Вот пять преимуществ для изучения онлайн.
This is the excerpt for the latest post
Reef sails nipperkin bring a spring upon her cable coffer jury mast spike marooned Pieces of Eight poop deck pillage. Clipper driver coxswain galleon hempen halter come about pressgang gangplank boatswain swing the lead. Nipperkin yard skysail swab lanyard Blimey bilge water ho quarter Buccaneer.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students