Nostrifikatsiya oʻzi nima?
“Nostrifikatsiya" soʻzi lotincha “noster" - “bizniki" hamda “facere" - “qilmoq" soʻzlaridan olingan. Amalda ushbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan olish, ekvivalentligini qayd etishni bildiradi.
Nostrifikatsiya qanday olinadi?
Bir narsani bilishingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.).

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilishning 2 xil yoʻli bor: biri imtihon asosida, ikkinchisi imtihonsiz.
Imtihonsiz nostrifikatsiya
2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:
- Oʻzbekiston hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning;
- QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);
- tasarrufida OTMlari boʻlgan Oʻzbekiston vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;
- 1992 yil 1 yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;
- Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
- AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
- xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;
- Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Diplomni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Maxsus imtihon bilan nostrifikatsiya
Agar Siz oʻqigan OTM ushbu roʻyxatda boʻlmasa, demak, Sizning diplomingiz maxsus imtihondan keyingina Oʻzbekistonda tan olinadi.
Qanday hujjatlar zarur? Nostrifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati:
- diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi);
- diplom va ilovani aslini davlat (oʻzbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);
- pasport va pasport nusxasi;
- davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya (EKIH 2 barobari – 22.01.2018 sanasida 405460 soʻm).
Hujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.
Taʼlim shakli ham mos boʻlishi kerak
Diplomingiz nostrifikatsiya qilinishi uchun albatta Siz oʻqigan xorijiy OTMdagi taʼlim shakli Oʻzbekistonda ham mavjud boʻlishi lozim.
Bu nima degani? Masalan, hozircha bizda rasman masofaviy (distansion) oliy taʼlim mavjud emas. Demak, distansion oʻqib, olingan diplomlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Maʼlum bir muddat Oʻzbekistonda sirtqi va kechki taʼlim shakli ham bekor boʻlgandi. Oʻsha paytda xorijiy OTMlarda sirtqi yoki kechki shaklda tahsil olganlarning diplomi ham tan olinmagan. Lekin bugungi kunda bizda ham sirtqi va kechki taʼlimga ruxsat berildi. Demak, endi bemalol mana xorijiy OTMda sirtqi yoki kechki shaklda oʻqiganlarning diplomlari ham tan olinishi mumkin.
Qoʻshimcha va batafsil maʼlumotlar
Xorijiy diplomlarni Oʻzbekistonda tan olinishi boʻyicha batafsil maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Yoki quyidagi raqamlar bilan bogʻlaning:
Tel: (+99871) 231-07-53 (+99871) 277-11-79 (ichki tel 1021;1022)
Elektron manzil: nostr@tdi.uz
Manba: @xushnudbek
Если вы посещали занятия лицом к лицу всю свою жизнь, немного пугаться с самого начала - это нормально, даже если вы разбираетесь в девайсах. Тем не менее, посещение онлайн-курса, в отличие от очного занятия, определенно имеет свои преимущества. Вот пять преимуществ для изучения онлайн.
This is the excerpt for the latest post
Reef sails nipperkin bring a spring upon her cable coffer jury mast spike marooned Pieces of Eight poop deck pillage. Clipper driver coxswain galleon hempen halter come about pressgang gangplank boatswain swing the lead. Nipperkin yard skysail swab lanyard Blimey bilge water ho quarter Buccaneer.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students