So’nggi vaqtda MBA darajasi toliblariga talablar ro’yxatlarida GRE testi tobora ko’proq paydo bo’lmoqda. GMAT testiga muqobil variant sifatida Graduate Record Examinations (GRE) tavsiya etilmoqda. Eslatib o’tamiz, ushbu test dastlab bilimlarni va biznes-ta’lim olishga qobiliyatlarni tekshirish uchun o’ylab chiqilgan bo’lib, hozirgacha MBA dasturiga o’qishga kiruvchilarda dahshat va qo’rqinch uyg’otib kelmoqda.
GRE: umumiy ma’lumotlar

Graduate Record Examinations 50-yillarda umumiy fikrlash qobiliyatlarini baholash usuli sifatida ishlab chiqilgan edi. GRE vatani, uning “raqibi” GMAT kabi Amerika hisoblanib, bu yerda GRE-test o’tkazish natijalari – magistratura va aspiranturaga hujjatlar topshirishda majburiy shart hisoblanadi.
GRE-test tuzilishi yengil tavsiflanadi va uni qandaydir g’ayriodatiy deb atash mumkin emas. GRE-testning ikki varianti mavjud: general test va subject test. So’nggisi muayyan tor ixtisoslik bo’yicha magistratura yoki aspiranturaga kiruvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unga qarab fan tanlanadi: matematika, biokimyo, adabiyot, tarix va h.k. Fan bo’yicha GRE-testni muvaffaqiyatli topshirish uchun tanlangan ixtisoslik bo’yicha universitet bakalavriat dasturini a’lo darajada o’zlashtirish kerak. Hozir bizni umumiy GRE – general ko’proq qiziqtiradi, uning natijalari ayrim MBA dasturlariga o’qishga kirishda hisobga olinadi.

GENERAL GRE uchta blokni o’z ichiga oladi:
• savollarga to’g’ri javoblarni va taklif etilgan vaziyatlarni shaxsiy baholashni nazarda tutadigan og’zaki bo’lim;
• matematik bo’lim, uning vazifalarini hal qilish uchun abituriyentdan maktabdagi matematika va tahlil kursi bilimlarini namoyish qilish talab etiladi;
• tahlil bo’limi – topshirilgan mavzuda esse yozish.
Testga umumiy baholovchi ballga hech bir ta’sir ko’rsatmaydigan savollar ham kiritilgan. Bu kelgusida GRE-testning umumiy korpusiga kiritish rejalashtirilayotgan o’ziga xos “eksperimental” bloki vazifalaridan iborat. Murakkab tomoni shundaki, sinovdan o’tkazilayotganlarning hech biri qaysi savol eksperimental, qaysisi asosiy ekanligini tushunolmaydi.
GMAT testini “chetlab o’tish” imkoniyati paydo bo’lganligi abituriyentlar tomonidan qizg’in qabul qilindi – GRE-testni tanlovchi talabalar soni yil sayin o’sib bormoqda. Bu tushunarli. GRE o’zining katta kasbdoshidan ancha soddaroq:
• GMAT vazifalari ko’proq ingliz tili grammatikasiga qaratilgan, GRE leksikani o’rtacha bilish bilan “kifoyalanadi”;
• GRE testi matematik masalalarini yechish bo’yicha ijobiy baho olish uchun o’rta maktab dasturini yaxshi bilish yetarli bo’ladi, GMAT to’g’risida bunday deyish mushkul;
• GMAT elektron formatidan farqli ravishda, GRE an’anaviy qog’oz va ruchkani nazarda tutadi;
• GRE – arzonroq.

Chet ellik talabalarni ko’plab maktablarning lingvistik blok natijalariga ko’z yumib qarashi ham ayniqsa xursand qiladi. Chet ellik, odatda, “ustuvor talaba” ustunida yashiriqcha qayd etiladi. Agar uning til bo’yicha yuqori ball olishda omadi kelmasa – bemalol odatiy o’tish osonroq bo’lgan TOEFL imtihonini topshirishi mumkin.
Biroq ushbu GRE-xursandchilik barrikadaning boshqa tomonida: ko’plab nufuzli biznes-maktablarning o’qituvchilar tarkibi, testni ishlab chiquvchilar va ma’muriy boshqarmalar tomonidan umuman baham ko’rilmaydi. Muammo GRE test tizimining matematik blokida Data Sufficiency sektori – ko’plab abituriyentlar tomonidan GMAT testini muvaffaqiyatli topshirish va MBA dasturiga qabul qilinish yo’lida asosiy to’siq sifatida qabul qilinadigan bo’limning o’zi mavjud emasligida ko’rinadi.
GMAT tarafdorlari o’z nuqtai nazarlarini quyidagicha asoslaydilar.

GMAT-savollari MBAning bo’lg’usi talabalari mashg’ulotlarda eng avvalo bajaradigan vazifalarga to’liq muvofiqlikda ishlab chiqilgan. Bu matnni tushunish malakalarini tekshirishni ham (har kuni 50-100 sahifa mutolaa qilinishini nazarda tutadigan dastur bo’yicha o’qish), tanqidiy fikrlash qobiliyatini tekshirishni ham (asosini amaliy iqtisodiy, ijtimoiy va biznes-amaliyotlar tahlili tashkil etadigan keysli o’qitish texnikasi tinglovchilardan kursdoshlar tomonidan taklif etilgan ehtimoliy yechimlarni tanqidiy ko’rib chiqishni talab qiladi) o’z ichiga oladi. Og’zaki va tahliliy bo’limlarni o’z ichiga oluvchi GRE-test ushbu bilim va malakalarni yetarlicha asosli baholaydi.
Biroq matematik bo’lim ma’lumotlar yetarliligi yuzasidan masalalar yechimini nazarda tutmaydi, bu esa, mutaxassislar fikricha, bank kartochkalari va ular orqali firibgarlik bilan bog’liq muammolarni hal qilishda ega bo’lish talab qilinadigan asosiy malakalar hisoblanadi. Skimming-vazifalar o’qitishning keys metodikasi asosiy korpusiga kiritilgan, bunday vazifalar bilan ishlash qobiliyatlarini esa aynan Data Sufficiency bo’limi aniqlaydi. Xulosa sifatida: GRE-test umuman biznes-maktabda muvaffaqiyatga erishish (va biznesda rivojlanish) uchun zarur maxsus malakalar va qobiliyatlarni munosib “o’lchash” imkoniyatiga ega emas.
Yevropa ilmiy-pedagogik hamjamiyatini ikkita lagerga ajratishga erishgan ushbu murakkab GMAT bo’limi o’zida nimani ifodalaydi? Test topshirayotganlar shunchalik xavfsiraydigan bo’limning asosiy “bosh qotirmasi” nimada?

DATA SUFFICIENCY
Ushbu blok savollari bilan ko’z-quloq bo’lish va ishlab chiquvchilar tomonidan qo’yilgan makkor “qopqonlar”ga tushib qolmaslikka urinish tavsiya etiladi. Eng avvalo, savolning ehtimoliy talqinlari ko’pligidan test topshirayotganning sabr kosasi to’lishi mumkin, biroq ushbu hayajonlanishlardan o’zini himoya qilish usuli mavjud. Yodda tuting – faqat quyidagi ikki holatda yanglishish mumkin:
1. Siz axborot yetarli ekanligiga ishonchingiz komil, biroq yanglishayapsiz.
2. Siz axborot yetarli emasligiga ishonchingiz komil, biroq yanglishayapsiz.
Yuqorida qayd etilgan fikrni nihoyatda oddiy misollar bilan isbotlaymiz.
1-xato: Axborot yetarligiga ishonch
Ko’pincha, bunday xatolar abituriyentning topshirilgan vazifani yaxshilab o’ylab ko’rishni boshlagan paytdagi gumonlari bilan bog’liq bo’ladi.
Savol: Agar X^2=9 bo’lsa, “X”ni toping?
Sizning xatoingiz: Siz noma’lum son ko’proq musbat son (+3) ekanligini taxmin qilasiz yoki noma’lum son manfiy son (-3) bo’lishi mumkinligini ham hisobga olmaysiz. GMAT vazifalarida bunday “pand berishlar” tez-tez uchraydi – hushyorlikni yo’qotmang va hech nimani taxmin qilmang.

2-xato: Axborot yetarlicha emasligiga ishonch
Bunday xatolar kamroq – test topshirayotgan yuzadagi axborotga e’tibor bermagan paytda uchraydi.
Savol: Agar Y – savatdagi olmalar soni bo’lsa, uning miqdori qanday bo’lishi mumkin?
Sizning xatoingiz: Siz “Y”ni olmalar soni sifatida aniqlash umuman muhim emas deb taxmin qilasiz, biroq to’g’ri javob – “Y” manfiy son bo’lishi mumkin emasligini tasdiqlash.
Albatta, imtihonda savollar ancha murakkab bo’ladi. Biz ushbu misollarni bunday masalalarni yechishning umumiy strategiyasi namoyishi sifatida keltirib o’tdik. Agar Siz oddiy xatolar to’g’risida tasavvurga ega bo’lsangiz, ulardan o’zingizni xalos qilishingiz ehtimoli yuqori bo’ladi. Aslida, Data Sufficiency bo’limi vazifalari tuzilishi ko’pchilik o’ylaganga nisbatan ancha mantiqiy.
Если вы посещали занятия лицом к лицу всю свою жизнь, немного пугаться с самого начала - это нормально, даже если вы разбираетесь в девайсах. Тем не менее, посещение онлайн-курса, в отличие от очного занятия, определенно имеет свои преимущества. Вот пять преимуществ для изучения онлайн.
This is the excerpt for the latest post
Reef sails nipperkin bring a spring upon her cable coffer jury mast spike marooned Pieces of Eight poop deck pillage. Clipper driver coxswain galleon hempen halter come about pressgang gangplank boatswain swing the lead. Nipperkin yard skysail swab lanyard Blimey bilge water ho quarter Buccaneer.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students