Kirish imtihonlarida chet tilidan test sinovlarini bajaradigan va bajarmaydigan abituriyentlar alohida tarzda guruhlarga ajratiladi va test topshiriqlarini bajarishda har bir fan uchun 1 soatdan vaqt ajratiladi. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov Kun.uzʻga maʼlum qilgan.
Bu yil oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida chet tili imtiyozi mavjud abituriyentlar alohida guruhlanadi va ularga test yechish uchun boshqalar kabi ikki soat emas, balki bir soat vaqt ajratiladi.
Uning qayd etishicha, oʻtgan yil tajribasiga asosan, bitta guruhda turlicha vaqt davomida test topshiradigan abituriyentlar boʻlmaydi.
“Masalan, oʻtgan yili bitta binoda 30 ta guruh tayyorlangan boʻlsa, ularning taxminan 25 tasi 3 soat davomida, qolgan 5 tasi esa 2 soat davomida test topshiruvchi abituriyentlardan iborat boʻlgan.
Bu yil test topshirish vaqti farq qiladigan abituriyentlar alohida guruhlanadi va ular bir-biriga xalaqit bermaydi.
Xuddi shunday joriy yil ham kirish imtihonlarida chet tilidan test sinovlarini bajarmaydigan abituriyentlar alohida tarzda guruhlarga ajratiladi va ularga ham nazoratchilar vaqt tugashiga kam qolganda eslatmalar berib turadi”, deydi DTM vakili.