stipendiya rassomlik Kamolidin Behzod | Prep.uz
TAS-IX
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Omina Sharipova 22-04-2020

Mazkur stipendiya oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga beriladi.

  • 655
  • 0

2020-yil 21-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4688-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Mazkur stipendiya oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga beriladi.

O’zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida badiiy ta’lim yo’nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Markazda davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo’nalishlari bo’yicha pedagog va mutaxassis kadrlar qayta tayyorlanadi va ularning malakasini oshiriladi.

Комментарии