Kelajagi yo‘q, AKT mutaxassisi, o`ylab topilmagan kasblar, sun`iy ong asosida, tarjimon, haydovchi, hisobchi, turoperator, aviadispetcher. | Prep.uz
TAS-IX
“Kelajagi yo‘q” kasblar

“Kelajagi yo‘q” kasblar

Prep.uz (Admin) 06-04-2023

O‘zR Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-sonli Qaroriga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida 2019-2020 o‘quv yilidan yangi ta’lim yo‘nalishlari ochilib, bozor iqtisodiyotiga mos kasblar amaliyotga joriy etildi. Umuman, yangi kasblarni amaliyotga tadbiq etishni vaziyatning o‘zi taqazo qilmoqda. Boisi, ba’zi bir kasblarga qiziqish kamayib, ish beruvchilarning yangi kasb egalari talablari kuchaymoqda.

  • 1624
  • 0

“Kelajagi yo‘q” kasblar

O‘zR Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-sonli Qaroriga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida 2019-2020 o‘quv yilidan yangi ta’lim yo‘nalishlari ochilib, bozor iqtisodiyotiga mos kasblar amaliyotga joriy etildi. Umuman, yangi kasblarni amaliyotga tadbiq etishni vaziyatning o‘zi taqazo qilmoqda. Boisi, ba’zi bir kasblarga qiziqish kamayib, ish beruvchilarning yangi kasb egalari talablari kuchaymoqda.

Dunyo tajribasidan ma’lumki, bugungi rivojlanib borayotgan kasblardan avtomobilsozlik, AKT mutaxassisi va shu kabi kasblarga talab ortib bormoqda. Bugungi kunda odamlarning o‘rnini egallab borayotgan bir qancha kasblar ham bor.

AQSH mehnat vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilga kelib, bugungi maktab o‘quvchilarining 65 foizi hali o‘ylab topilmagan kasblarning egalari bo‘ladi. Biz quyida yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Robotlar qanday kasblarning «kushandasi»ga aylanishi mumkin? “Ideonomika” sayti robotexnika va zamonaviy texnologiyalar tufayli yaqin bir necha yil ichida “eskilik sarqiti”ga aylanishi mumkin bo‘lgan kasblar yettiligini aniqladi.

Haydovchi

Ehtiyoj tugashi ehtimoli: 2038 yilda.

Avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustidagi ishlar davom etmoqda, bir necha o‘n yilda nafaqat kirakashlar, balki umuman haydovchilarga ehtiyoj qolmasligi mumkin.

Hisobchi

Ehtiyoj tugashi ehtimoli: 2028 yilda.

Sun’iy ong asosiga qurilgan buxgalterlik dasturlari shu qadar kuchli va arzon mahsulotga aylanadiki, “tirik” hisobchilar ular bilan bahslasha olmaydi.

Huquqshunos yordamchisi

Ehtiyoj tugashi ehtimoli: 2026 yilda.

Huquqshunoslarga ham avtomatlashtirilgan yordamchilar ko‘proq asqotadi – ular tezroq ishlaydi, ko‘proq narsa biladi va hech qachon dam olmaydi.

Aviadispetcher

Ehtiyoj tugashi ehtimoli: 2038-yilda.

2034-yilda odam aviadispetcher aybi bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qo‘rqinchli halokat tufayli hukumat havodagi harakatni kompyuterlar boshqarishini talab qiladi.

Avtoturargoh xodimi

Ehtiyoj tugashi ehtimoli: 2028 yilda.

Yangi texnologiyalar mashinaning avtoturargohda qancha turganini aniq kuzatish imkonini beradi, bu to‘lov masalasiga aniqlik kiritadi.

Turoperator

Ehtiyoj tugashi ehtimoli: 2025 yilda.

Siz onlayn turistik agentlik saytiga kirasiz, safaringiz haqida hikoya qilib berasiz, sayt aniqlashtiruvchi savollar yordamida sizga qulay yo‘nalishni tanlab beradi.

Tarjimon

Ehtiyoj tugashi ehtimoli: 2031 yilda.

2028 yilda Gugl (google) og‘zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan “tirik” tarjimonlarga zarurat qolmaydi.

Ushbu fikrlar shunchaki taxminlar hamda hech qanday ilmiy asosga ega emas.

Комментарии